Isak ikki top-klubga kerak bo'lmoqda
20 iyu 2021 11:30
Yangiliklar
Isak ikki top-klubga kerak bo'lmoqda
"Real Sosedad" forvardi Aleksandr Isak jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Isakning transfer summasi 70 mln evroga baholanmoqda. O'z navbatida Dortmundning "Borussiya"si futbolchisini 30 mln evro evaziga qayta sotib olishi ham mumkin.
Basklar esa nemis klubi bilan muzokaralar olib borib, ushbu huquqni shartnomadan olib tashlanishini istamoqda. Ammo buning uchun "Real Sosedad" kamida 10 mln evro to'lashi kerak bo'ladi.
Isak bilan shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan. "Real Sosedad" futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish niyatida bo'lib turibdi. Yozda u Dortmunddan "Sosedad"ga 15 mln evro evaziga o'tgandi.
O'tgan mavsumda u LaLiganing 34 o'yinida 17 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar