So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Iroqlik jurnalist: "Ravshan Ermatov yaxshi hakam, bunga shubha yo'q" Yangiliklar

Iroqlik jurnalist: "Ravshan Ermatov yaxshi hakam, bunga shubha yo'q"

Eron hamda Iroq terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo Kubogining 3-tur uchrashuvidan oldin iroqlik jurnalist, "Al Malaeb" gazetasi muhbiri Maher Hassan Suvaed bilan kichik suhbat uyushtirdik.

Eslatib o'tamiz, Eron - Iroq uchrashuvini Ravshan Ermatov brigadasi boshqaradi.



"Ertangi o'yin juda qiyin bo'ladi, chunki Eron terma jamoasi Osiyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Ammo iroqliklar ushbu bahsga tayyor.

Bu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaradi. U yaxshi hakam, bunga shubha yo'q. Ammo Eronga qarshi bo'ladigan bahsda hammasi o'zimizga bog'liq bo'ladi. Qanday o'yin ko'rsatsak shunga yarasha natija bo'ladi. Iroq va Eron azaliy raqib ekanligini yaxshi bilasiz. Muxlislar terma jamoadan faqat g'alabani talab qiladi. Bu o'yinda eronliklarni taslim qilish biz uchun juda muhim.

Iroq bosh murabbiyi Srechko Katanec haqida mahalliy jurnalistlarning fikri ijobiy. Mutaxassisga vaqt kerak. U yaqinda terma jamoaga keldi. Katanec biz Osiyo Kubogida chempion bo'lamiz degani yo'q, u ko'proq jamoaning o'yini kuchaytirish, musobaqada yaxshi ishtirok etish haqida o'ylayapti" - deydi Maher Hassan Suvaed.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика