So’nggi yangiliklar

17:23Суперлига. Драган Черан кетма-кет 6-мавсум тўпурарга айланди  0 17:19Григорий Колосовский собиқ жамоасини Суперлигада "олиб қолди"  6 17:10Суперлига. ОКМК ўз тарихида илк маротаба кумуш медалларни қўлга киритди  3 17:09Суперлига. ОКМКда кумуш, «Локомотив» эса сўнгги турда охирги ўринга тушиб кетди ва Про лигага равона бўлди  113 14:49ФИФА ЖЧ-2034 мезбонлиги учун ариза топширган мамлакатга тарихдаги энг юқори баллни қўйди  5 13:47Суперлиганинг 26-турида майдонга тушмайдиган футболчилар ва расмийлар  2 13:26Аморим: "Эвертон"га қарши баҳсда ротация қилишимиз керак"  12 12:25Нико Уильямс: "Францияга қарши баҳсдан аввал ҳаяжонда эдим, Ямал эса йўл бўйи ухлаб кетди"  5 11:45Пети ПСЖ ҳақида: "ПСЖни ўйинларини томоша қилиш зерикарли"  0 11:35Санжар Турсунов: "Фаолиятимни ҳали тугатганим йўқ"  6 11:13"Бу ўйинда ҳар қандай ҳисоб қайд этилиши мумкин, Наманганда кимнинг парвози баланд бўлади?" — Суперлига финиши олдидан мутахассис фикри  7 11:05«Ливерпуль» Трентга ўринбосар топиб қўйди  1 10:42Ички ҳиссиёт. Бугун Тошкентда "суғур куни" бўладими?   2 10:40ESPN «Барселона»нинг барча даврлардаги энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма жамоани тузди  20 10:08Келаси ёзда энг кўп маош олувчи номи ўзгариши мумкин. Ҳозирги рекорд Роналдуга тегишли  4

Intervyu. Lionel Messi: "Olimpiadani biror narsa bilan solishtirib bo'lmaydi" Yangiliklar

Intervyu. Lionel Messi: "Olimpiadani biror narsa bilan solishtirib bo'lmaydi"

Teglar :  MessiBarselona
“Espanol” Kataloniya derbisida 5:0 hisobida dog'da qoldirilgach, “Barselona” etakchisi Lionel Messi “ESPN” muxbirining savollariga javob qaytardi.

Unda argentinalik futbol yulduzi faoliyati va Olimpiada xususida fikrlarini bildirdi.

- “Lanus” bosh kiyimida bergan birinchi intervyungizdan buyon ancha vaqt o'tdi. SHundan beri barcha orzularingiz ushaldimi?

- O'shandan beri qancha suvlar oqib o'tdi. Baxtimga bir qator quvonchli lahzalar ro'y berdi, lekin faqat quvonchli ham emas, futbolchining hayoti shunday. Lekin barchasi qay tariqa ko'rinish olganidan qoniqdim. Klubdagi hayotim haqida gapirsam, bunchalik ko'p g'alabalar bo'lishini o'shanda oldindan aytish mushkul edi. Terma jamoaga kelsak, ko'plab finallarda qatnashdim, ammo hozircha sovrinlarga ega chiqa olmadim. Faoliyatimda bo'shliqlar qolmoqda, lekin futboldagi hayot shunday.


- “Atletiko”ni final g'olibi sifatida ko'rishni istaysizmi?

- “Barselona”ga ishqibozlik qiladigan muxlislar hech qachon “Real”ning sovringa ega chiqishini ko'rishni xohlashmaydi. Lekin bu final va har ikki jamoa unga loyiq joyda. Biz esa qolgan vazifalarga etiborni jamlashimiz lozim. Bizda ikki final qoldi va ularda yutishimiz shart. Milandagi finalda o'ynash ajoyib bo'lardi, ammo bu ro'y bermadi. Uchtadan ikki sovrinni yutish ham juda yaxshi.



- Diego Simeone jamoasiga qarshi o'ynash qanchalik qiyin?

- Ular juda noqulay raqib. Murabbiy esa jamoa bilan qilayotgan ishlari uchun olqishga arziydi. Futbolchilarni tizimga ishonishga chorlab, maydonda vazifasini ideal bajarishlariga erishmoqda. Bu birinchi yil yuzaga kelmayapti. Uning asosiy va zaxira tarkibida ajoyib o'yinchilar jamlangan, har qanday holatda maydonga tushib, talab qilingan narsani bajara olishadi.



- “Espanol”ga urgan golingiz haqida nima deysiz? Ko'pchilik omadli tepganingiz haqida aytyapti, aslida jarima zarbalarini doim mashq qilib yurasiz.

- Mashq qilishimiz haqiqat. To'pni qaerga yo'naltirish ustida ishlaymiz, faoliyatimiz mobaynida bular borasida mehnat qilamiz.




- Darvozabonlar to'pni qaerga yo'llashingizni topa olishmaydi. CHunki to'pni o'yinchilar ustidan yoki darvozabon turgan joyga yo'llaysiz. Bu sizga qandaydir ustunlik beradimi?

- Ha. To'g'risi, to'pni futbolchilar ustidan yo'llashni afzal ko'raman. Vaqti-vaqti bilan darvozabon turgan joyga ham zarba yo'llayman. Posbonlarni ishonchsiz holatda saqlashga atayin urinaman.



- Amerika Kubogining 100 yillik chempionati AQSHda o'tishi xayoliymi?

- Bu boshqacha chempionat, o'zgacha tizim. Uning Amerikada o'tayotgani esa oldingilaridan farqli ko'rinishga keltiradi: boshqa auditoriya, stadionlar. Bu uni takrorlanmas, biz uchun o'zgacha holatga chiqaradi.



- Olimpiada-chi? Unda o'ynashni istarmidingiz?

- Borishni xohlardim, chunki 2008 yilgi Olimpiadadan menda iliq taassurotlar qolgan. Xuddi 2005 yildagi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi mundialdan qolgandek. Faqat yutganimiz uchun emas, u erda his qilgan narsalarim tufayli. Olimpiya qishlog'ida bo'lishdan ajoyib hislar, boshqa sport turlaridagi etakchilar bilan uchrashish o'zgacha bo'lgandi. Garchi, shaharchada ko'p vaqtimizni o'tkazmagan bo'lsak ham.



- Hamma sportchi Olimpiadani boshqacha voqea deb aytadi.

- Ha, jahon chempionatlari ajoyib, ammo Olimpiadani hech narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi.



- Argentinaning jahon chempionatida finalgacha borib, g'alaba qozonmagani sizni kuchli bezovta qiladimi? Matbuotning bosimi ham mavjud.

- Bu doim bo'ladi. Matbuotga ko'nikkanman. Ha, finalga chiqdik. Bu shunchaki ikkinchi raundga chiqish emas, oxirgi o'yingacha og'ir yo'lni bosib o'tdik. Bu haqida avval ham aytganman. Sovringa yaqin kelgandik, ammo buyuk futbolchilarga ega buyuk Germaniyaga yutqazdik. Ular bizni dog'da qoldirishdi. Xuddi Amerika Kubogi finalida bo'lganidek, faqat unda CHiliga penaltilar bo'yicha imkoniyatni boy berdik.




- Sizda beshta “Oltin to'p” bor, naqd beshta!

- Hech qachon bunday orzu qilmagandim. Men erishgan narsalarim orzularimdan o'zib ketgan. Barcha sovrinlar juda muhim, ammo “Oltin to'p”lar umuman o'zgacha narsa.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика