Maqola. "Inter" ajoyib transferni amalga oshirdi. Endi jamoaning ishlari yaxshi bo'lishi aniq
03 iyu 2019 13:32
Yangiliklar
Maqola. "Inter" ajoyib transferni amalga oshirdi. Endi jamoaning ishlari yaxshi bo'lishi aniq
CHempionlar ligasi finalida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan o'ng "Real" kiyinish xonasiga Ispaniya qiroli Xuan Karlos kirdi. U barcha futbolchilarning qo'lini siqdi, Peres va Zidanni quchoqlab qo'ydi, keyin esa murabbiydan so'radi: "Pintus qani? Uni tabriklamoqchiman. Bu g'alabada u muhim rolni o'ynadi". "Real"ning jismoiy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi uning ishiga bosh barmog'ini ko'tarib baho bergan monarx oldiga tabassum bilan yaqinlashdi.
Kardiffdagi birinchi bo'lim 1:1 hisobida yakunlandi, tanaffusdan so'ng "Real" 3ta javobsiz gol urib, "Yuve"ni taslim qildi. Pintusning asosiy qoidalaridan biri ish berdi - futbolchi 90 daqiqa davomida maksimal darajada yuklamalarga chidashi kerak.
Dide Desham Zidanni qiyin bo'lishi haqida ogohlantirgan edi, ammo Zizu bunchalik bo'ladi deb tasavvur ham qilmagan edi. 1996 yilning iyulida "Yuventus"ning yangi futbolchisi birinchi mashg'ulotga tashrif buyurdi va noinsoniy yuklamalardan shokka tushdi.
"Dide "Yuventus"dagi mashg'ulotlar og'irligini aytgandi. Biroq bunchalik yomon bo'ladi deb o'ylamagandim. Mashg'ulotdan so'ng zo'rg'a yurardim" - deya esladi Zidan.
O'sha paytda "Yuventus"ning jismoniy tayyorgarligiga "Dengiz piyodasi" laqabiga ega bo'lgan Jampero Ventrone javob berardi. "Ventrone bizning qo'rqinchli tushimiz edi" - deydi 1991-1996 yillarda Turin klubida o'ynagan Massimo Karrera. "Tasavvur qiling, press uchun 600 marta yotib turish, 400 kg.gacha bo'lgan vazn bilan o'tirib turish. Qasam ichaman, bazi mashg'ulotlardan so'ng ko'zimga ruxlar ko'rinardi".
Ventronening o'ng qo'li Antonio Pintus edi. Pintusni 1991 yil "Yuve"ga chaqirishgan: Klub bosslarini Jismoniy tarbiya institutini bitirgan sobiq dzyudochi qiziqtirib qo'ydi. Antonio diplom ishida uzoq masofaga yugurishning tayyorgarligi haqida gapirib bergan, biroq uning ustun tomoni 800 va 1500 metrlik masofalar bo'lgan.
"Ikki soat yugura olishingni his qilsang, keyingi o'yin haqida qayg'urmaysan" - deydi Pintus. "Yuventus" Antonio bilan uchta skudettoni qo'lga kiritdi, uch marta CHempionlar ligasi finalida o'ynadi. Bazilar gap dopingda deb o'ylashardi, futbolchilar esa murabbiylarning ajoyib ishini maqtashgan.
"Yuve" Pintus nazorati ostida ajoyib formaga kirdi" - degandi Turin klubi sobiq futbolchisi Janluka Vialli. Zidan, Desham, Alessandro Del Pero va Antonio Konte ham Antonio haqida shunga o'xshash gaplarni aytgan edi. Pintus 1998 yilda "Yuventus"ni tark etganidan so'ng ko'plab klublarda ishlab ko'rdi va doimo uni sobiq futbolchilar taklif qildi. Vialli "CHelsi"ga, Desham "Monako"ga, yana "Yuventus" va "Marsel", Janfranko Zola "Vest Xem"ga, Zidan "Real"ga. Navbat "Inter"ga keldi. Antonio Konte Pintus bilan "Yuventus"da tanishgan.
Kontening aytishicha, unda ko'plab variantlar bo'lgan, ammo u "Inter"ni tanladi, chunki jamoada g'oliblik potencialini ko'rgan ekan. Antoni loyiha yaratishni istamadi, unga fundamenti bor jamoa kerak edi. Murabbiy Luchano Spallettining "Interi"ga o'zining taktikasiga kerak bo'lgan bazi yangi futbolchilarni qo'shadi. Jamoa mavsumning ikkinchi qismida charchab qolmasligi lozim. Bu "Inter"ning so'nggi mavsumdagi katta muammolaridan biri - Yangi yilda natijalar pasayib ketadi. Buni to'g'irlash uchun Pintus chaqirildi.
"Biz yomon o'ynaganimiz uchun mag'lub bo'lishimiz mumkin. Ammo bu hech qachon jismoniy tayyorgarlik tufayli ro'y bermasligi kerak" - deydi Antonio. Pintusning perfekcionizmi Zidanga yoqadi: U hech qachon "Yuventus"dagidek og'ir mashg'ulotlarda ishtirok etmagan, ammo aynan shu tufayli "Real" yulduziga aylanib, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lganini tan oladi. Ilk marta "Real" ustoziga aylangan franciyalik tezda Pintusni o'z jamoasiga taklif qildi. Antonio 2016 yilning yozida "Lion" bilan shartnoma imzolagan edi. Bitim tuzilganiga 45 kun bo'lganiga qaramay, italiyalik "Qirollik klubi" taklifini rad etmadi.
"Tatil yakunlandi, Pintus ishga kirishdi" - deya yozgandi Marca o'z gazetasida. "Avvaliga to'psiz qanday ishlaymiz deb kulgandik. Ammo keyin hazillashishga kuch topa olmadik" - deb eslaydi Marselo.
Ikki yil o'tib Marselo CHempionlar ligasi guruh bosqichida "Viktoriya"ga urgan golini Pintusga bag'ishladi. "U menga yoqadi" - degandi Marselo.
Ispan mediyasining yozishicha, Pintus Zidan bilan munosabatlari yomonlashgani tufayli jamoani tark etgan. 2018 yilda Zidan istefoga chiqdi, u Antonio ham ketadi deb o'ylagandi, biroq italiyalik Xulen Lopetegi jamoasida qoldi va boshqa joyga o'tkazildi. Lopetegi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha boshqa mutaxassis Oskar Karoni olib keldi. Santyago Solari davrida u o'z joyiga qaytdi va mavsumni Zidan bilan yakunlandi.
"Agar sizda texnika darajasi bir xil bo'lgan ikkita chempion jamoangiz bo'lsa, ko'proq yuguradigani g'alaba qozonadi" - degandi Pintu. Dani Karvaxal uning yuklamalarini noinsoniy deb aytgandi, ammo Antonioning o'z sabablari bor: "Futbolchilar mashhurlikni istashadi. Ammo hamma narsaning o'z narxi bor. SHon-shuhratga erishiladi, biroq bu uchun hoziroq mehnatni boshlash lozim".
Pintusning uslubi haqiqatdan ham og'irmi? Birinchi navbatda to'psiz mashg'ulotlar yuqori tempda o'tadi. Organizm maydondagi 90 daqiqani odatiy jarayon deb his qilishi uchun jamoa bir yarim soatdan tezlik, kuch va egiluvchanlik ustida ishlaydi. Yana tinimsiz yugurish: Antonio mashg'ulotni yugurish bilan boshlab, yugurish bilan yakunlaydi.
"Muvaffaqiyatli mavsum uchun ikkita narsa kerak: Yozda intensinv jismoniy mehnat va maygacha formada bo'lish uchun qishki tanaffusdagi tayyorgarlik" - deydi italiyalik. Uning so'zlariga ko'ra, universal uslub yo'q, har bir klub va mamlakatning o'ziga xos jihatlari bor. "Mashg'ulotlarning yagona to'g'ri yo'lini bilaman deb o'ylamaslik kerak. O'rganib, turli madaniyatlarga ko'nikish lozim" - dedi Pintus.
"Yuve", "CHelsi", "Vest Xem", "Marsel", "Monako" va "Real"dan tashqari u "Udineze", "Palermo" va xatto Rossiya terma jamoasida ishlashga ulgurdi. U JCH-2014da Fabio Kapelloga yordam berdi (rossiyaliklar har bir uchrashuvda o'rtacha 115,5 km masofani bosib o'tishgan - Avstraliyadan so'ng ikkinchi natija). "Franciyada hali ham jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashadi, yugurishadi. Angliya va Italiyada esa bunday emas. U erdagilarning fikricha, mashg'ulotda doimo to'p bo'lishi kerak. Ammo hammasi meyorida bo'lishi lozim. Faqat jismoliy holat bilan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Texnika farqni ko'rsatadi. Hammasining ortida iqtidor bo'lishi muhim. Iqtidorsiz chempion bo'la olmaysan. Biroq iloji boricha uzoqroq formada bo'lish lozim. Buning uchun esa ishlash lozim",
Pintus Marselda mashg'ulot bazasidan 10 km. uzoqda yashar edi va har kuni ishga piyoda borgan. "Futbolchilar meni aqldan ozgan deb hisoblashgandir, ammo bu menga yoqardi. Bu ularga belgi edi" - deydi Antonio. Pintus bilan "CHelsi"da ishlagan Frank Lebyofning aytishicha, italiyalik ajoyib psixolog ham bo'lgan ekan. "Birinchidan, siz u bilan kuchliroq bo'layotganingizni tezda his qilasiz. Ikkinchidan, u miyangacha kirib boradi. Sen unga chiday olishingni isbotlashga urinasan. U sen bilan ishlayotganidan xursandligini ko'rsatadi. Bu inson uchun esa hamma narsaga tayyor bo'lasan. Bor etiboringni mashg'ulotga qaratasan" - deydi Lebyof.
Antoni bilan "Monako"da ishlagan Fernando Morentes esa quyidagi gaplarni aytgan: "U yoqimli inson, mehribon bobo. Ammo u bilan ishlash juda og'ir. Hech qachon bunday och bo'lmaganman. Pintus vaznimni 83 kg.dan 79 kg.ga tushirdi va bu mening ideal vaznim ekan. O'zimni juda yaxshi his qilganman".
Jamoaning muvaffaqiyatlari haqida gapirishganda, murabbiylar shtabidagilar kamdan-kam xolatlarda eslanadi. Pintus Angliya, Italiya, Franciya va Ispaniyada 22ta sovrinni qo'lga kiritdi. U soyada qola olmaydi, Antonioni xatto Ispaniya qiroli yaxshi taniydi. "Inter" muxlislari ham u bilan yaxshi tanish: Italiya mediasi Antonio bilan shartnoma imzolashni katta transferdek elon qilishdi.
Bizda yangi mavsumda "Inter"ni kuzatish uchun yangi sabab paydo bo'ldi.
Fikrlar