Inesta: "200-300 mln. evro Neymarning o'rnini bosa olmaydi"
29 iyu 2017 11:01
Yangiliklar
Inesta: "200-300 mln. evro Neymarning o'rnini bosa olmaydi"
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta klub hujumchisi Neymarning PSJga o'tishi haqidagi mish-mishlariga izoh berdi.
"Ortiqcha shov-shuv bo'lmasligini istaymiz. Bu vaziyatdan chiqishning yagona yo'li - bu Neymarning so'zlari, aynan shu narsa hikoyani yakunlab beradi. U jamoada qolishini istaymiz. Semedu va uning janjaliga to'xtaladigan bo'lsak, mashg'ulotlarda bunaqasi bo'lib turadi.
Neymar - jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri, u bizga katta yordam beradi. Yagona istagim - Neymar "Barselona"da uzoqroq o'ynashini istayman. Jamoada eng yaxshilarni ko'rishni istayman, Neymar esa aynan shundaylar safiga kiradi. 200 yoki 300 mln. evro ham Neymarning o'rnini bosa olmaydi" - deydi Inesta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar