So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Incheon-2014. Boks. Oybek Mamazulunovni "SINDIRISH"di Yangiliklar

Incheon-2014. Boks. Oybek Mamazulunovni "SINDIRISH"di

O'zbekiston ishtirokida kunning uchinchi chiqishida Oybek Mamazulunov ring egasi, Kim Xyong Yuga qarshi jang olib bordi.
Balki qaerdandir bu jangni topib ko'rish imkoniyati sizda bo'lar. Ammo 3 raundning barida koreys bokschisini ketma-ket zarbalari bilan "yorvor"gan Oybek yakunda sirli ravishda mag'lubiyatga uchradi. Bo'y jihatdan raqibidan past bo'lsada, past va yuqori zarbalari bilan Kim Xyongni faqat himoyalanishga majbur qildi. Buni tezda payqagan referi ikki marotaba, xato zarba berayotgan degan fikrda u hamyurtimizga ogohlantirish berdi.



Bu esa baho qo'yib o'tiruvchi hakamlarga qo'l keldi. Uchinchi raund so'nggida koreyalik bokschining boshi g'urraga to'lib ketdi. Buni quyidagi suratdan ham ko'rishingiz mumkin. Yakunda suhandon ring egasini 29-28, 29-28, 29-28 hisobida g'alaba qozonganligini aytganida, zalga yig'ilgan, barchaning noroziligiga uchradi. Ringni tark etish oldidan, mard ekan, Kim Xyong Oybekni qo'lini ko'tarib qo'ydi. Bokschini o'zi tan olgan natijani, ko'zi ko'r hakamlar etibordan chetda qoldirdilar.



Bahsga quyidagi hakamlar baho berishdi:
Del Puetro Trueta (Kuba)
Xerardo Poggi (Argentina)
Sidi Yoqub Hammadi (Jazoir)
Maykl Gallaxer (Irlandiya)
Mariush Gorni (Polsha)



Biz esa Oybekka ruhini cho'ktirmaslikka, aksincha Rio olimpiadasiga jiddiy tayyorganrlik ko'rib, u erda oltin medal bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика