So’nggi yangiliklar

22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:49Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган бешта ўйин учун таркиблар билан танишинг  1 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  9

Imperiyaning qulashimi yoki vaqtinchalik qiyinchiliklar? Yangiliklar

Imperiyaning qulashimi yoki vaqtinchalik qiyinchiliklar?

Teglar :  Barselona
"Barselona" so'nggi bir nechta uchrashuvlarda ko'plab muxlislarning hafsalasini pir qilishga ulgurdi.

Pashshadan fil yasashni hamma yaxshi biladi. Kataloniya klubining CHempionlar ligasidan chiqib ketishi, Primerodagi ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng, bazi muxlislar uch boshli ajdaho halok bo'ldi, jahonning eng yaxshi jamoasi yo'q bo'ldi deb o'ylashmoqda. Ammo keling, buni his-tuyg'ularsiz tahlil qilishga urinib ko'ramiz.

"Real"dan uchralgan mag'lubiyat ko'k-anorranglilar omadsizliklarining boshlanishi deb o'ylayapsizmi? SHoshilmang. "Klassiko"lar doimo shunday o'tgan. Raqib qanday vaziyatda bo'lishidan qatiy nazar, ular doimo jahonning eng kuchli uch jamoasidan biri bo'lib qolaveradi. Bundan tashqari, Zinedin Zidan qo'l ostidagi "qaymoqranglilar" yaxshi natijalar qayd eta boshladi. Rafa Benites paytidagi kabi turli mojarolar kamaydi. SHunday ekan, nega jahonning eng yaxshi jamoalarining biridan uchralgan mag'lubiyat o'zgacha ahamiyat kasb etishi kerak?


Mayli, "Real"ni bir chetga surib turaylik. Ichki chempionatdagi keyingi bahs yana bir mag'lubiyat bilan yakunlandi. Bu safar "Real Sosedad"dan. San-Sebastyanda kataloniyaliklar juda qiynalishini ko'pchilik bilmasligi mumkin, ammo bu ikki jamoa o'rtasidagi bahslar statistikasiga qaraydigan bo'lsak, bu omadsizlikda ajablanarli hech narsa yo'q. "Barselona" "Real Sosedad" maydonida o'tkazgan so'nggi olti uchrashuvlarda... 1 ochko... ha, bor-yo'g'i 1 ochko ishlab olgan. So'nggi ikki uchrashuv bir xil hisob bilan yakunlangan - 1:0. Hali ham Primerodagi ikkinchi mag'lubiyatni katta omadsizlikning boshlanishi deb hisoblaysizmi?

Endi, "Barselona"ning loyga yuzi bilan yiqilganiga etibor beramiz. "Barselona" "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining so'nggi ikki mavsumdagi uchrashuvlarida bor-yo'g'i bir marotaba g'alaba qozona olmagan. Lekin CHempionlar ligasida kataloniyaliklar ikki yil muqaddam aynan chorak finalda poytaxt klubi tufayli yarim finalga yo'llanma ola bilmagan. "Barsa"ning milliy birinchilikda "Atletiko" ustidan qozongan besh g'alabasi bor-yo'g'i bir to'p farqi bilan amalga oshirilgan. Diego Simeonega doimo biroz mahorat etishmay qolardi.

Omadsizlik ko'proq hujumdagi trioda yoqqol ko'zga tashlanadi va bu kataloniyaliklarning asosiy muammosiga aylandi. Tan olish kerak, "Barselona" safidagi janubiy amerikaliklarning o'yinlari taqvismi juda ziq edi: O'tgan yilgi trebl, Amerika Kubogi, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari. Demak, jamoa etakchilari ikki mavsumdan beri tatillarsiz to'p tepmoqda. Xatto eng kuchli sportchilarda ham bunday jadval tufayli "batareykalari o'tirib qoladi".

Aytgancha, Neymarga hamdard bo'lishdan boshqa ilojimiz yo'q, chunki uni kirib kelayotgan yozda ham tinch qo'shimoqchi emas. Uni Olimpiada qatnashishini so'rashyapti. MSN triosida aynan Neymar charchagani ko'zga tashlanib turibdi. Biroz tatildan so'ng u yana o'ziga kelib olishi mumkin, ammo shu tatilni qachon oladi? Ispaniya chempionatidagi taqibchilar esa "Barsa"ga deyarli etib oldi.


Bu vaziyatda murabbiy asosiy rolda bo'lishi kerak. Aynan hozir Luis Enrike qanchalik kuchli murabbiy ekanligini bilib olishimiz mumkin. Sobiq yarim himoyachi Kataloniya klubiga kelguniga qadar "Roma" va "Selta"da ishlagan. Italiyada uning ishlari yurishmadi: Jamoa Evropa ligasi bilan xayrlashdi, Italiya Kubogida "Yuventus" tufayli turnirni tark etishdi. Mutaxassis o'sha mavsumda to'rt marotaba ketma-ket uchta g'alabasiz seriyali natijani qayd etdi. Murabbiyning vatanidagi ishlari yaxshi taassurot qoldirdi va uni "Barselona"ga chaqirishdi, ammo biz hozir ham Luis Enrikeni muammoli vaziyatda qanday harakat qilishini bilmaymiz.


Enrike Serxio Busketsni raqib bosimidan qanday qutqarish haqida o'ylashi kerak. Ispaniyalik tayanch yarim himoyachisining "Barselona" hujumlaridagi roli juda katta. Etibor bering: Yannik Karrasko Busketsga tez-tez pressing uyushtirdi va kataloniyalikning hujum tashkil qilishiga halaqit berdi. Yanvardagi bahsda shunga o'xshash rolni Grizmann bajargan edi, dekabrda esa "Deportivo" aynan shu jihat tufayli "Kamp Nou"da durangga erishgan. Boshqa klublar ham chempionlarning markaziy chizig'iga bosim uyushtirishga urinishmoqda.


Lionel Messida esa 2010 yildan beri bunday golsiz seriya uzoq davom etmagan edi. Faoliyati davomidagi 500-gol unga juda katta tasir o'tkazganiga ishonish qiyin. Argentinalik 452 daqiqa davomida raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi, ammo bu shunchalik etiborli jihatmidi? Aprel oyida uning foydalilik koefficienti doimo pasaygan: 2014 yilda u 420 daqiqa gol urmagan, 2015 yilda - 362 daqiqa.

Xulosa qiladigan bo'lsak, kataloniyaliklarning muammosi juda katta emas va ularning har biriga oddiy sabab bor. Omadsizliklar davom etsa katta harflar bilan yoziladigan bo'rttirma maqolalar chop etilaveradi, ammo buning hammasi tez unutiladi. Bu qachongacha davom etishini bilmaymiz, lekin ushbu vaziyat quyosh botishi va tongda yana charaqlab turishiga o'xshaydi.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика