Immobile "Borussiya D" bilan og'zaki kelishuvga erishdi
09 may 2014 01:23
Yangiliklar


Immobile "Borussiya D" bilan og'zaki kelishuvga erishdi
"Torino" hujumchisi CHiro Immobilening xizmatlariga Dortmundning "Borussiya" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Ushbu futbolchini sotish huquqining teng yarmi "Yuventus" jamoasiga ham tegishli hisoblanadi. CHiro Immobile kelasi mavsumni "Borussiya" tarkibida boshlashni xohlamoqda.
Yurgen Klopp jamoasi bu futbolchiga 5 yillik shartnoma va yiliga 2 million maosh taklif qilmoqda.
CHiro Immobile uchun dortmundliklar 20 million evro to'lashmoqchi. Agarda ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, 20 millionning 10 millioni Turin klubi hisob raqamiga o'tadi.

Fikrlar