So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Ilhom Mo'minjonov: "Zamonaviy futbolda 70-75% gollar standart vaziyatlar orqali urilyapti" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Zamonaviy futbolda 70-75% gollar standart vaziyatlar orqali urilyapti"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi taymda o'yinimiz o'xshamadi. 2 ta standart holatdan gol o'tkazib yubordik. Himoya chizig'ida pala-partishlik yuzaga kelgani oqibatida raqib darvozamizga 2 ta to'p kiritdi. 

Ikkinchi taymda yaqqol golli vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. 

Alamli mag'lubiyatga uchradik. Endi keyingi bahsga astoydil hozirlik ko'ramiz.

- Jamoa standart holatlarga tayyorlanmaganmi? Bu o'yinning bir qismi. Bugun ko'rdikki, jamoa bundan foydalana bilmadi...

- Hozirgi kunda zamonaviy futbolda 70-75% gollar standart vaziyatlar orqali urilyapti. Mashg'ulotlarda buni ustida ishlagandik. Biroq raqib imkoniyat bermadi. Futbolchilarimiz uzatmalarda ham qiynalishdi. Pozicion hujum va qarshi hujumlarda imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo standart holatda imkoniyatga ega bo'lmadik. "So'g'diyona" esa shu vaqtgacha ko'p marta standartdan unumli foydalangan.

- Lutfulla To'raevning jarohati xususida nima deya olasiz?

- Uning jarohati jiddiyga o'xshayapti. Yaxshi bilasiz, To'raev etakchi futbolchilarimizdan biri. U va Abror Ismoilovga ishongan edik. Afsuski, 3-turga kelib turli holatlar ro'y beryapti. To'raev kam vaqt o'ynayotgan bo'lsa, Ismoilov qizil kartochka olib qoldi. Hali ular o'zlarini to'liq namoyon qila olishmayapti. Ungacha zaxira futbolchilarimizdan foydalanamiz. 

- Amaldagi chempion va vice-chempionga imkoniyat boy berildi. SHundan kelib chiqib, "Neftchi"ning imkoniyatlarini hamon yuqori baholaysizmi?

- Ha. Oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yilgan. Buni uddalashimiz shart. Hali chempionat oldinda.

- "Neftchi" urgan gollarini faqat penaltidan urdi. Jamoa o'tgan yilgi to'purar hujumchi Marko Obradovichni olib kelishni o'ylab ko'rmaganmidi?

- Yo'q. Xavfli vaziyatlar bo'ldi, ura olmayapmiz. Penaltilar ham hujumchilarning harakatlari evaziga ishlab olingan edi. O'ylaymanki, hujumchilarimiz navbatdagi turlarda gol urishadi.

- Jamoa tarkibi ko'proq Izzatilla Abdullaevga bog'lanib qolganmi? Bugun tarkib tanlashda adashmadingizmi?

- Uni o'yinni kuchaytirish uchun zaxirada qoldirgandik. Abdullaev, SHarich va Hoshimov o'yinimizni kuchaytirib berishdi. Afsuski, SHarich bo'sh qolgan darvozaga to'p kirita olmadi. Ubaydullaev birga-bir holatdan foydalana bilmadi. Omad kelmadi. Bu – futbol. Standart holatlardan gollar o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi. Buni futbolchilar ham yaxshi bilardi. 

- O'ng qanot himoyasida, maydon markazida aynan kim o'ynayotgani sezilmayapti, futbolchilar joy almashib o'ynashyapti. Bu siz tomoningizdan tatbiq etilgan taktikami?

- O'ng qanotda Abbos G'ulomov o'ynayapti. U o'zini qanotda yaxshi ko'rsatyapti. Birinchi turda raqibdan kelib chiqib, Darko Stanoevichni o'ynatgan edik. G'ulomov esa yarim himoyada to'p tepgandi.

Bugun birinchi taymdan so'ng Lutfulla To'raevni orqaroqqa qaytarishga majbur bo'ldik. Kutilmaganda Akbar To'raev jarohat olgani bunga sabab bo'ldi. 

Himoyamiz yaxshi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda ular o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatishadi.

- Hakamlar o'tgan yilga qaraganda bu yil ko'p hollarda kurashlarga boy o'ynashga qo'yib berishyapti. Bu yaxshimi yoki yomonmi?

- Futbol – kurashlarga boy o'yin. Hakamlar to'g'ri qilishyapti. Har bir jarayonga hushtak chalaverishsa ham bo'lmaydi. Hakamlarga etirozimiz yo'q. Hammasi yaxshi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика