So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Ilhom Mo'minjonov: "Olti ochkoga teng o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Olti ochkoga teng o'yin bo'ldi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Bugun g'alabani qo'ldan chiqardik. Uch ochkrga ega bo'lay deb turganimizda, 76-daqiqada gol o'tkazib yubordik. Qolaversa, 11 metrli nuqtadan hamda yana ikkita xavfli vaziyatdan gol urolmadik. Ikkinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda oqsadik. Natijada g'alabani qo'ldan boy berdik. Futbolda "Sen urmasang, senga urishadi", degan maqol bor. Bu olti ochkolik o'yin edi. Keyingi uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Ikkinchi davragacha uzoq muddatli tanaffus bor. 

- Hakamlik ishi haqida qanday fikrdasiz?

- Hakamlar haqida nimadir deyish qiyin. Ular o'yinni yaxshi boshqarishdi hamda futbolchilarning kurash olib borishiga qo'ydi. Menimcha, hakam o'yinni yaxshi boshqardi. 

- Ikkinchi bo'limda jamoaningiz g'alaba qozonayotgan bir pallada ikki qanot vingeri o'yindan olib, o'rniga ikki hujumkor yarim himoyachini maydonga tushirdingiz. Bu nimadan dalolat beradi?

- SHogirdlarim birinchi bo'limda tartibli o'ynadi. Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish uchun zaxiradan ikki kuchni maydonga tushirdim, afsuski, ular kutganimdek o'yin namoyish eta olmadi. Raqibni qarshi hujumlar orqali jazolamoqchi edik. Afsuski, imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ustiga-ustak gol o'tkazib yubordik.

- Birinchi davradan so'ng jamoangizning o'yinlaridan qoniqdingizmi?

- Jamoa o'yinlaridan qoniqmadim. Sababi, biz quyi o'rinlardan biridamiz. Bu pog'ona "Neftchi"ga loyiq emas. Ikkinchi davrada o'z o'yinimizni ko'rsatamiz, deb o'ylayman. Dastlabki o'yinni o'z maydonimizda chiroyli tarzda o'tkazishga harakat qilamiz. Bizga natija kerak edi, ammo uch ochkoga ega chiqolmadik. Klubni hozircha hech kim tark etmadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика