Ilhom Hamroev: Maqsadimiz o'zgarmagan, bu safar ham faqat chempionlik uchun kurashamiz
08 mar 10:35
Yangiliklar
Ilhom Hamroev: Maqsadimiz o'zgarmagan, bu safar ham faqat chempionlik uchun kurashamiz
O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati O'zbekiston kubogi bellashuvlari startidan avval tajribali futzalchi, Oil Star jamoasi azosi Ilhom Hamroev bilan bog'landik va qisqa suhbat uyushtirdik.
O'zbekiston kubogiga tayyorgarlik va jamoa oldiga qo'yilgan vazifa haqida
Kubok bahslariga Buxoroda tayyorgarlik ko'rdik. Barchasi ko'ngildagidek o'tdi. Jamoamizning maqsadi o'zgarmagan, bu safar ham faqat chempionlik uchun bahs olib boramiz.
Guruhdagi raqiblar haqida...
Guruhimizga yaxshi jamoalar to'plandi. Ularning kuchini yaxshi bilamiz. Har qanday raqibni hurmat qilamiz, lekin maydonga g'alabani uchun chiqamiz.
Kubokning yangi formati haqida...
Shaxsan menga bu format juda maqul. O'yinlar soni ko'proq bo'lishi sportchilarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va tajriba orttirishiga xizmat qiladi. Qolaversa muxlislarga ham o'yin ko'p bo'lishi yoqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar