Ilhom Alijonov: "Mavsum boshidan 8-o'rindan yuqorini ko'zlagandik"
07 dek 2023 14:55
Yangiliklar
Ilhom Alijonov: "Mavsum boshidan 8-o'rindan yuqorini ko'zlagandik"
Uning "Navbahor", "Qizilqum", "Turon" darvozasiga urgan gollari g'alabalarda asosiy rolni o'ynadi.
- "Andijon" avvalgi yillarga nisbatan solishtirganda juda yaxshi natijani qayd etdi. Ham jamoaviy, ham individual ko'rsatkichlardan kelib chiqsak, mavsum qanday o'tdi?
- To'g'ri aytdingiz. "Andijon" uchun bu yil kutilganidanda yaxshi taassurotlar bilan yodda qoldi, chunki oxirgi natijalarga qaraydigan bo'lsak, jamoa ligada jon saqlash uchun kurashib kelgan. "Andijon" Superligada qoladimi qabilidagi savollar yuzaga kelar, matematik hisob-kitoblarga ko'p yuzlanishardi. Bu yil juda zo'r natija qayd etdik. Jamoa bilan boshidan yaxshi niyat qilgandik. Kamida 8-o'rindan yuqorini ko'zlagandik. Buning uchun bonuslar ham bor edi. Harakat qildik va muxlislarni xursand qila oldik.

- Oxirgi yillarda faoliyatingizda barqarorlik etishmayotgandi. Ilhom Alijonov "Andijon"da o'zini qayta kashf qildimi?
- SHunday desak ham bo'ladi. 2-3 ta gollar urdim, assistlar amalga oshirdim. Oldingi yillarga qaraganda barchasi o'xshadi.
- "Andijon" uyda "Navbahor", "Paxtakor" kabi kuchli jamoalardan ustun keldi. Mana shu o'yinlarda mezbonlar haqiqatan kuchlimidi yoki shunchaki ishtiyoq evaziga bu natijalar qayd etildimi?
- O'sha paytga kelib jamoamiz ancha shakllanib bo'lgan edi. Mavsum boshidan beri bir-birimizni tushunishimiz yaxshi darajaga chiqqan vaqtda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar ro'baro' kelib qoldi. Qolaversa, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham foyda keltirgandi. Ular oxirgi soniyagacha chekinmasligimizga va oldinga borishimizda dalda bo'lishdi.
- "Andijon"ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay legioner maqomiga mosligini isbotlay oldimi?
- Nafaqat maydonda, mashg'ulotlarda ham bu yaqqol sezildi. Xebay O'zbekiston darajasidan yuqori hujumchi. Bitta menda emas, barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

- "Andijon" uchun mavsumdagi eng qadrli va eng yomon o'yin bo'ldimi?
- "Qizilqum"ga qarshi Navoiyda 0:3 hisobida mag'lub bo'lganimiz eng yomon o'yin bo'ldi. Uyda "Navbahor" bilan hisobda ortda borayotib yakunda yutib ketganimiz eng yaxshi o'yinimiz edi. O'sha o'yinda gol ham urgandim. Bundanda qadrli gol hali bo'lmagandi.
- Keyingi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- Muhimi, yilni yaxshi o'tkazib oldik. "Andijon" bilan shartnomam bor. Boshqa jamoalardan ham takliflar yo'q emas. Dekabr oyi yakunigacha bir qarorga kelamiz.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar