Ikki ispan klubi Asensioga qiziqmoqda
30 iyu 2022 12:57
Yangiliklar
Ikki ispan klubi Asensioga qiziqmoqda
Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio jamoasini o'zgartirishi mumkin.
26 yoshli futbolchiga La Liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
Ilk davogar poytaxtning boshqa bir klubi – "Atletiko. "Matraschilar" bilan Asensio uchun Sevilyaning "Betis" klubi kurash olib borishga tayyor.
Marko 2015 yildan beri "qaymoqranglilar" sharafini himoya qiladi. Uning "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum La Liga 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar