Igor Sergeev: "Terma jamoadan chaqiruv? Qo'limdan kelganicha harakat qilaman"
10 apr 16:25
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Terma jamoadan chaqiruv? Qo'limdan kelganicha harakat qilaman"
"Paxtakor" O'zbekiston Kubogi guruh bosqichini OKMK ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba bilan boshladi.
Uchrashuvdan so'ng g'alaba goliga mualliflik qilgan "sherlar" hujumchisi Igor Sergeev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qiyin o'yinda ishtirok etdik. Kuchli ishtiyoq va xohish evaziga yakunda ijobiy natijaga erishdik. Balki nimalardir o'xshadi yoki o'xshamadi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.
Terma jamoadan chaqiruv? Buning uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman. O'zimda ham terma jamoa libosida tushib gol urish uchun katta istak bor. Har bir futbolchi bunga intiladi. Ishlashda davom etamiz. Har bir o'yinda borimni berishga harakat qilaman",- deydi Igor Sergeev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar