Igor Sergeev: "Astoydil tayyorlanamiz va shunga monand jang qilamiz"
28 may 19:45
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Astoydil tayyorlanamiz va shunga monand jang qilamiz"
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev BAA va Qatar bilan bahslar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hammasi tushunarliki, BAA – kuchli terma jamoa. BAA va Qatar murabbiylarini o'zgartirdi. Ular jadvalda u qadar yaxshi holatda emas, shuning uchun ham 3 ochko uchun bor kuchini beradi.
Ularni yaxshi yoki yomon deb baholab bo'lmaydi. Bu JCH yo'llanmasi uchun rasmiy o'yinlardir. Shu bois reyting o'rni havas qilarli bo'lmagan terma ham maydonda bor kuchini ishga soladi.
Astoydil tayyorlanamiz va shunga monand jang qilamiz", – dedi 32 yoshli forvard.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonni oldinda ikkita o'yin kutib turibdi. JCH saralash bosqichi 9-turi doirasidagi BAA bilan o'yin 5 iyun kuni 21:00 ga belgilangan bo'lsa, Qatar bilan 10-turdan o'rin olgan Toshkentdagi bahs 10 iyun kuni 18:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar