So’nggi yangiliklar

12:29"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди?  0 12:02Иброҳим Шокиров: "Европа жамоалари билан фарқ катта эмасди"  1 11:40"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди  4 11:04"Арсенал" А Сериянинг юлдузларидан бирини қўлга киритиш бўйича музокараларни бошлади  0 10:40Абдулмалик Анваров: "Худо хоҳласа, тўхтаб қолиш йўқ"  2 10:17Флик "Реал" босими ҳақида: "Улар жуда жиддий рақиб. Лекин бошқа жамоалар ҳам бор"  1 09:53Шукуруллаев: "Уларга қарши баҳсда бор кучимизни бериб қўйдик"  3 09:26"Ливерпуль" АПЛ юлдузига қизиқиш билдирмоқда. Бироқ У Аморим жамоасида тўп сурмоқчи  0 09:00Неъматуллоҳ Рустамжонов: "Европа жамоаларининг бизнинг футболчилардан жисмоний ҳолати яхшироқ"  5 08:33Расман. "Бухоро" ва "Хоразм" плей-оффни сафарда ўтказади  6 08:08"Арсенал" билан шартнома имзолаш учун футболчи 5 клубга рад жавобини берди  0 07:45Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин  45 01:50Гвардиола: "Чемпионлик учун ҳақиқий кураш энди бошланмоқда"  0 01:17Рубен Аморим: "Бизда ўсиш бор"  1 00:46Инглиз футболида қизиқ ҳолат: клуб бир ҳафта учун дарвозабон ижарага олди  2

Ibrohim Shokirov: "Evropa jamoalari bilan farq katta emasdi" Yangiliklar

Ibrohim Shokirov: "Evropa jamoalari bilan farq katta emasdi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi posboni Ibrohim Shokirov yurtimizga qaytib kelgach, saytimizga intervyu berdi.

"Hamma o'yinlar qiziq bo'ldi. Niyatimiz uzoqroqqa borish edi, ammo nasib qilmagan ekan", – deya gap boshladi Shokirov.

- Siz uchun eng esda qolarli o'yin qaysi bo'ldi?

- Men uchun eng esda qolarli bahs Panama bilan o'yin bo'ldi. Bu mening JCHdagi ilk uchrashuvim edi. Birinchi taym qiyin kechdi, biroq ikkinchi taymda o'zimizga kelib olib, 6 ta gol urdik.

- O'zbekiston Evropa jamoalariga qay darajada raqobatbardosh bo'la oldi?

- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, farq katta emasdi. Biz ham evropaliklar uslubiga yaqinlashishga urinyapmiz. Xudo xohlasa, yaqin orada chetda to'p tepishdan umidvorman.

- Aynan qaysi xatolar evaziga Italiyaga yutqazdik?

 - Xatolar ko'p bo'ldi. Buni batafsil aytib bera olmayman. Sal hayajon ham sezildi. Italiya baribir nomdor jamoa edi, bu tasir qildi.

- Jahon chempionatidagi ishtirok terma jamoa uchun qanchalik samarali bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Samarali o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Har bir bahs qiziq o'tdi. Panama bilan uchrashuvni aytmasak, har bitta o'yinda teng kurash kechdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
22 noy 12:07:32
Qwerty 007
Ibrohim Shokirov Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvini Paragvayga qarshi emas, Panamaga qarshi olib borgan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика