Husniddin G'ofurov: "Terma jamoaga taklif etilganimdan juda ham xursandman"
18 may 2014 11:38
Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: "Terma jamoaga taklif etilganimdan juda ham xursandman"
Joriy mavsum faoliyatini Serbiya premer ligasi ishtirokchisi "Yavor"da o'tkazayotgan Husniddin G'ofurov nihoyat milliy terma jamoamizdan chaqiruv oldi.
Mirjalol Qosimov 27-29 may kunlari Ummon milliy terma jamoasiga qarshi kechadigan bahsga taklif etgan futbolchilar qatorida G'ofurovning joy olganini bilgach, darhol u bilan aloqaga chiqdik. 20 yoshli futbolchi terma jamoadan chaqiruv bo'lganidan juda ham xursand ekanligini u bilan qilgan suhbatimiz chog'ida anglab etish qiyin kechmadi. Boisi Husniddin ilk bor milliy terma jamoaga chaqirildi.
- Salom, Husniddin! Avvalo birinchi bor milliy terma jamoamiz yig'iniga taklif etilganingiz bilan tabriklaymiz.
- Tabrik uchun rahmat. Bilasizmi terma jamoa murabbiylari nazariga tushishimda qaysidir manoda matbuotning ham o'rni katta bo'ldi. Ayniqsa "SA" meni ko'proq yoritib bordi. Buning uchun sizlarga ham minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
- Terma jamoadan taklif har qanday futbolchiga zavq bag'ishlaydi. Ayniqsa sizdek yoshlar uchun. To'g'rimi?
- Albatta, Vatan jamoasi uchun o'ynashni har bir futbolchi istaydi. SHu jumladan men ham mamlakatimiz bosh jamoasi sharafini himoya qilishni xohlayman.
- Terma jamoaga taklif etilganingiz haqida birinchi bo'lib kimdan xabar topdingiz?
- Bu erda bo'sh paytlarimni ko'proq internetda o'tkazib, yurtimiz futbolidagi yangiliklar bilan ham boxabar bo'lib borishga haraka qilaman. "SA"ning esa doimiy o'quvchisiman. Milliy 16 may juma kuni, bitta xabar chiqdi va shunda ertaga milliy terma jamoaga taklif etilganlar ro'yxati elon qilinsa kerak deyilgandi. SHundan buyon saytni diqqat bilan kuzatdim. Nihoyat terma jamoaga chaqiruv olganlar ro'yxati chiqdi. O'qisam, u erda mening ham familiyam turibdi. Ochig'i, shundan keyin juda ham xursand bo'lib ketdim.
- Faqat ochig'ini ayting, terma jamoaga taklif etilishingizga qanchalik ishongandingiz?
- Har bir futbolchi singari Yaratgandan so'rardimki, milliy terma jamoaga meni ham taklif etishlarini. Xudoga shukur niyatimga etdim.
- Endi bo'lg'usi o'yinlarda o'zingizni ko'rsatishingiz talab etiladi. CHunki muxlislar ham Serbiya premer-ligasida o'ynayotgan G'ofurovni diqqat bilan kuzatishlari aniq. Buni o'zingiz ham tushunib turgan bo'lsangiz kerak?
- Ha. Albatta bor imkoniyatimni ishga solib, o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Axir bunday taklif har doim ham bo'lavermaydi. Berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga astoydil harakat qilaman.
- "Yavor"dagilar terma jamoaga taklif etilganingizni qanday qabul qildi?
- Nazarimda hozircha ular bundan bexabar. Balki shu kunlarda klubga chaqiruv qog'ozi kelgach, keyin menga aytishar.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar