Husniddin Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga etib bordi
04 avg 2023 23:17
Yangiliklar
Husniddin Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga etib bordi
Oldinroq, Aliqulov tez orada Turkiyaning "Rizespor" klubiga ko'chib o'tishi haqida xabar bergan edik.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaning Rize shahriga etib borgan. Ayni damda tomonlar bitim bandlari ustida muzokaralar o'tkazishmoqda. Katta ehtimol bilan ertaga Husniddin Aliqulov va "Rizespor" o'rtasida shartnoma imzolanadi.
Malumot uchun, "Rizespor" klubi 1953 yilda tashkil topgan. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Ilhan Palut boshqarib bormoqda. Klub o'tgan mavsum Turkiya birinchi ligasida 2-o'rinni oldi va Superligaga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, yangi qoidalarga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilar Turkiyada legioner hisoblanmaydi.
Husniddin Aliqulov bu mavsum Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar