Husanov 2-o'rinda: YCHLning umumiy guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2026
UEFA matbuot xizmati YCHL umumiy guruh bosqichining eng tezkor futbolchilarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, "Real" forvardi Kilian Mbappe 34,9 km/s tezlik bilan peshqadamlik qilgan. E'tiborli tomoni, "Manchester Siti" himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov 34,7 km/s tezlik bilan 2-o'rinda qayd etilgan.

Kuchli o'nlik shunday ko'rinish olgan:

1. Kilian Mbappe ("Real") - 34,9 km/s

2. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") - 34,7 km/s

3. Karlos Forbs ("Bryugge") - 34,3 km/s

4. Anderson Silva ("Pafos") - 34,1 km/s

5. Federiko Valverde ("Real") - 34,0 km/s

6. Rikardo Pepi (PSV) - 34,0 km/s

7. Jeremi Frimpong ("Liverpul") - 34,0 km/s

8. Erling Xoland ("Manchester Siti") - 34,0 km/s

9. Entoni Gordon ("Nyukasl") - 34,0 km/s

10. Entoni Gordon ("Nyukasl") - 33,9 km/s


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal