Hozirgi futbolchilarning intervyusi bir tiyinga qimmat
10 jan 2018 14:56
Yangiliklar
Hozirgi futbolchilarning intervyusi bir tiyinga qimmat
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Mario Basler hozirgi zamon futbolchilari mikrofon qarshisida qolipdagi gaplardan nariga o'ta olmayotgani uchun keskin tanqid qildi.
"O'yindan keyingi intervyularni ko'rgim kelmaydi. Hamma futbolchilarning topib olgan gapi bir xil. SHu boisdan uchrashuvdan keyingi bir tiyinga qimmat intervyular paytida televizor ovozini o'chirib qo'yaman. CHunki futbolchilar o'sha qolipdagi navbatchi gaplardan nariga o'tishmaydi: "Raqib bugun yaxshiroq o'ynadi, omad etishmadi va hokazo.
Birorta haqiqatni ayta oladigan mard futbolchi yo'q. Men har doim ochiq-oydin gapirganman. Kamera qarshisida o'yinimiz ahlat qutisiga o'xshashi haqida bemalol aytishim mumkin", - deydi Mario Basler.
O’xshash yangiliklar
15:20
Xorvatiya bosh murabbiyi: "Braziliyaga qarshi bahsda ustimizdan muzday suv quyilganday bo'lgandi" 0
Fikrlar