Hojimat Erkinov "Paxtakor" bilan xayrlashdi
06 iyu 2022 22:41
Yangiliklar
Hojimat Erkinov "Paxtakor" bilan xayrlashdi
"Hammaga Assalomu alaykum! Bugun men “Paxtakor” jamoasi bilan xayrlashaman. Men uchun bu jamoa eng kuchli va eng sevimli jamoa bo'lib qoladi. 10 yoshimdan beri "Paxtakor"daman va shuni aytishim kerakki, shuncha vaqt ichida ko'pchilik o'z kuchini, mehnatini sarmoya qildi va men ulardan cheksiz minnatdorman!
Barcha muxlislar, murabbiylar va hamkorlarga, barcha jamoa azolariga rahmat!", – deb yozadi Erkinov Instagram sahifasida.
21 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 10 ta o'yinda maydonga tushib,1 ta gol urdi. SHuningdek, u O'zbekiston olimpiya termasi bilan U-23 Osiyo Kubogida 2-o'rinni egalladi va 30 iyunda davlatimiz rahbari tomonidan "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
Avvalroq "Paxtakor" klubi Hojimat Erkinovni Moskvaning "Torpedo" klubiga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar