So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  29 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Hojimat Erkinov: "Mashinani akamga sovg'a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda ularning hissalari katta" Yangiliklar

Hojimat Erkinov: "Mashinani akamga sovg'a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda ularning hissalari katta"

O'zbekiston terma jamoasi va "Al Vahda" klubi vingeri Hojimat Erkinov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Terma jamoa bilan JCH yo'llanmasini hal qildingiz. Mana endi biroz tanaffus yuzaga kelgan. Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazyapsiz?

- Hozirgi tanaffusni faol o'tkazmoqdamiz. Vaqtim ko'chadagi yumushlar, trenajyor zali va tennis o'ynash bilan o'tmoqda.

- Milliy jamoa azolariga BYD Champion mashinasi sovg'a qilindi. Uni kimdir ota-onasiga, kimdir ukasiga, kimdir jiyaniga sovg'a qildi. Siz mashinani nima qildingiz?

- Men akamga sovg'a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda akamning juda katta hissalari bor. 

- Bilamizki, siz so'nggi vaqtlarda "Al Vahda" tarkibida asosan zaxiradan maydonga tushayotgandingiz. Hojimat Erkinovni kelasi mavsum ham bu jamoa safida ko'ramizmi?

- Hozircha aniq bilmayman. BAAning 2-3 ta jamoasi bilan muzokaralar ketmoqda, jumladan, "Al Vahda" bilan ham. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- Hojimat Erkinovni 5 yildan keyin qaysi jamoada ko'ramiz?

- Sog'-salomat bo'lsak, o'sha payt balki Evropada, balki Osiyoda. Nasib, o'shanda bilamiz.

- Qiziqarli savol: Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish yoki Lionel Messi bilan 1 ta o'yinda bir jamoada harakat qilish. Qaysi variantni tanlagan bo'lardingiz?

- Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика