Harri Keyn Bavariyani Tottenhemdan farqini tushuntirib berdi
10 sen 2023 10:03
Yangiliklar
Harri Keyn Bavariyani Tottenhemdan farqini tushuntirib berdi
«Menga CHempionlar Ligasi finali «Uembli»da bo'lishini aytishdi va, shuningdek, Evro-2024 Germaniyada bo'lishini bilaman. Hamma narsani amalga oshirishga harakat qilaman. CHempionlik haqda ko'p o'ylashni xohlamayman, lekin bu sodir bo'lsa, ajoyib bo'ladi.
«Bavariya»da «Tottenhem»ga nisbatan butunlay boshqacha bosim bor. Men va «shporlar» nimadir yutmoqchi edik, lekin u erda ketma-ket ikki mag'lubiyat falokat hisoblanmasdi. «Bavariya»da esa har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak, degan tuyg'u bor.
Dastlabki ikki o'yinda 4:0 va 3:1 hisobida g'alaba qozondik, ammo o'yinimizdan hamma ham mamnun emasdi. Bunday turli tuyg'ularni qabul qilganimdan xursandman. Umid qilamanki, sovrinlar uchun kurashish tajribasi CHempionlar Ligasida va Angliya milliy jamoasida duch keladigan bazi vaziyatlarda bosimni engishga yordam beradi», — deya myunxenliklar hujumchisining so'zlarini keltiradi The Guardian.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar