Hamidjon Aktamov o'zi va Nikola Lazarevich o'rtasida "farq"ni ko'rsatdi
13 may 2022 01:25
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov o'zi va Nikola Lazarevich o'rtasida "farq"ni ko'rsatdi
Ushbu natija "Qizilqum"ning sobiq ustozi Hamidjon Aktamovni ham befarq qoldirmadi. Murabbiy o'zining feysbukdagi sahifasida o'sha payt boshqaruvida bo'lgan "Qizilqum" jamoasi va AGMK o'rtasidagi 2021 yildagi o'yin natijasini eslatib, Nikola Lazarevich bilan orasidagi "farq"ni ko'rsatdi. O'shanda "Qizilqum" AGMKni mehmonda 1:2 hisobida mag'lub qilishga erishgandi.

Biroq, butun mavsum etibori bilan ko'pchilik Hamidjon Aktamovning gaplariga qo'shilmasligi mumkin. Sababi, Hamidjon Aktamov boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsum Superligada 9-o'rinni egalladi. Ushbu mavsumda esa "Qizilqum" 8 turdan so'ng 14 ochko jamg'argan. Navoiyliklar hozirda Lazarevich boshchiligida o'tgan mavsum davomida to'plangan barcha ochkolarning deyarli yarmini 8-turdayoq to'plab qo'yishdi. SHu bilan birga, "Qizilqum" hozirda turnir jadvalining ikkinchi o'rnida bormoqda. O'tgan mavsum yakunida "Qizilqum"ning chempion bilan oradagi farqi 29 ochkoni tashkil qilgan bo'lsa, hozirda bu ko'rsatkich 2 ochkoni tashkil qilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar