So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  5 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Hamidjon Aktamov: “Muxlislarni daldasidan xursand bo'ldim” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Muxlislarni daldasidan xursand bo'ldim”

“Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Dastlab navoiyliklar bosh murabbiyi Hamid Aktamov OAV vakillarining savollariga javob qaytardi:

- Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. Omadimiz biroz etishmadi. “Navbahor” o'z maydonida to'p surdi. Qolaversa jamoani ko'p mingli sonli muxlislarning qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu yilgi mavsumda bu kabi muxlislarni ko'rmagandim. Bundan xursand bo'ldim. Jamoani munosib tarzda qo'llab, futbolchilarni ruhini ko'tarishgani uchun ishqibozlarga rahmat aytmoqchiman. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. O'yingohda ishqibozlar ko'p bo'lsa futbolimiz ham rivojlanadi. Bugun muxlislarni qo'llashi tufayli “Navbahor” futbolchilarini ruhi ko'tarilib, o'yini ochilib ketdi.

O'z jamoamiz haqida gap ketganida, bugun yoshlarga imkoniyat bergandim. Uchrashuv boshidan yoshlarni maydonga tushirgandim. Guvohi bo'lganlaringizdek, ikki xil taym bo'ldi. Birinchi bo'limda umuman o'yinimiz chiqmadi. Yoshlarga ham imkoniyat berib ularni ham tayyorlashimiz kerak. Tanaffusdan keyin futbolchilarimiz harakat qilishgan bo'lsada, xavfli vaziyatlarni kerakli darajada yuzaga keltira olmadik. Qolaversa, maydonning ahvoli ham yaxshi emasdi. Bu bilan bahona qilmoqchi emasman, biroq bunday maydonda hali to'p surmagandik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика