So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Hamid Aktamov: “Muxlislarimizni xursand qilish haqida o'ylayapmiz” Yangiliklar

Hamid Aktamov: “Muxlislarimizni xursand qilish haqida o'ylayapmiz”

Ayrim manbalarda “Qizilqum” (Navoiy) futbol klubi ijrochi direktori ishdan bo'shashi haqida ariza yozganligi xususida xabarlar tarqalgandi.
Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida klub ijrochi direktori Hamid Aktamov fikri bilan qiziqdik.

-Hamid G'ulomovich, Sizning ishdan bo'shash haqingizdagi xabarlar nechog'li haqiqat? Bu navoiylik ko'psonli muxlislar uchun juda ham muhim.

-Oxirgi turda Toshkentda kutilmaganda “Lokomotiv” jamoasiga 1:4 hisobida yutqazdik. Muxlislar agar oynai jahon orqali ko'rgan bo'lsalar, birinchi bo'limda jamoamiz 1:0 hisobidagi g'alaba bilan tanaffusga chiqdi. Qolgan daqiqalarda ham futbolchilarimiz raqibga etarlicha munosib qarshilik ko'rsatdi. Garchi, hakamlar xatti-harakatiga baho berish bizning vazifamizga kirmasa-da, uchrashuv bosh hakami B.Namozovning ayrim qarorlari shu kuni o'yin natijasiga salbiy tasir qildi. Kutilmaganda, hisobda oldinda bora turib, raqibga yirik hisobda imkoniyatni boy berish kishi ruhiyatiga salbiy tasir qilishi tabiiy. O'yindan so'ng, ishdan ketaman, deganim rost. Balki buni eshitganlar meni ishdan bo'shadi, deb o'ylashgan bo'lishlari mumkin. Ammo hozircha rasman ariza yozganim yo'q.

- Demak, “Qizilqum” jamoasi Siz rahbarligingizda navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda...

-Ha, shunday. Futbolda kutilmagan natijalar, voqealar istagancha topiladi. “Qizilqum”ning Toshkentdagi mag'lubiyatidan fojea yasash shart emas. Hayot davom etadi. Mavsum boshida Navoiyda ahil va inoq jamoa shakllantirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga soldik. Viloyat hokimligi va futbol klubimiz bosh homiysi - Navoiy kon metallurgiya kombinati jamoamiz uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilib berishyapti, qo'llab-quvvatlashmoqda. May oyidan boshlab, uy uchrashuvlarimizni yangi  - “Yoshlar” sport majmuasida o'tkaza boshladik. Minglab muxlislar “Qizilqum”ning kelajagiga umid bilan qarashmoqda. Buni jamoamiz murabbiylar shtabi va barcha o'yinchilari chin yurakdan his qilib turishibdi. SHu bois, ertangi kunga ishonch bilan oldindagi o'yinlarga jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. Mavsumning endigina sakkizinchi tur o'yinlari nihoyasiga etdi. Demak, asosiy kurash hali oldinda... 21 may kuni Navoiyda “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushsak, oradan to'rt kun o'tib O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvida safarda “Olmaliq” bilan o'ynaymiz. Muxlislarimzni ishontirib aytamanki, keyingi uchrashuvlarda futbolchilarimiz faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga chiqishadi.

Yuqoridagi malumotlardan ko'rinib turibdiki, “Qizilqum” jamoasi navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda. Klubdagi o'zgarishlar haqidagi gap-so'zlar esa hozircha faqat mish-mishdan iborat. O'z navbatida biz fursatdan foydalanib, navoiylik futbolchilarga faqat omadlar tilaymiz. Muxlislarni esa o'z jamoalarini ishonch bilan munosib qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. OLG'A, “QIZILQUM”!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика