So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Hakim Fuzaylov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar meni xavotirga solmaydi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar meni xavotirga solmaydi"

Bugun "Buxoro" klubi "SHo'rtan" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

 O'yindan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlari va jamoa rejalari haqida gapirib o'tdi:

"Qisqacha to'xtaladigan bo'lsam, biz o'z ishimizni davom ettiryapmiz. 3 yanvardan boshlangan, salkam bir oydan oshiq davom etayotgan yig'inimizning asosiy pallasiga etib kelyapmiz, hozir ekvator chizig'idamiz.

Toshkentdagi yig'indan hozirgi yig'inni farqi, futbolchilarga ko'plab yuklamalar beryapmiz, ular og'irlikni his qilishyapti. To'g'risini aytsam, o'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar meni unchalik xavotirga solmaydi. Ha, yutqazdik. Umuman olganda, yuklamalardan so'ng, futbolchilarimning o'yinni olib borishi meni qoniqtiryapti, yomon emas hozirgi vaqt uchun.

Solishtirish uchun aytaman, men o'tgan yili "Dinamo" bosh murabbiyi bo'lgan vaqtimda ham, xuddi shu jamoalar bilan mavsum oldi uchrashuvlar o'tkazgan edik. O'shanda Muborakda, o'z darvozamizdan, 3ta o'tkazib yuborganmiz, vaholanki o'sha uchrashuvda hatto, 6 ta to'p o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Samarqandda ham, "SHo'rtan"ga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz.

Keyin esa nimalar bo'lganini siz yaxshi xabardorsiz, "Dinamo" bilan, mavsum tugashiga 4 tur qolganda Superliga yo'llanmasini naqd qilgan edik. Bu bilan nima demoqchiman? Bizda hammasi joyida, ishlar reja bo'yicha ketyapti. To'g'ri, hatto nazorat uchrashuvlarida ham, mag'lubiyatga uchrash yoqimsiz holat, ko'ngilni xira qiladi. Ammo, bundan xulosa chiqarib, yana maqsad sari, jamoani xotirjamlik bilan Superligaga chiqarish uchun tayyorlab boramiz.

Endi, og'ir yuklamalardan so'ng futbolchilarga 2 kun dam beramiz, ular 1 oy davomida, 9 ta uchrashuv o'tkazishdi. 9 fevraldan, yana Toshkent shaxrida yig'ilamiz. U erda ham, ko'plab sinov-nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejamizda bor. 12 fevralda "Qo'qon 1912", 15 fevralda esa "Surxon" jamoasi bilan, hamda 18 fevralda "Paxtakor" o'rinbosarlariga qarshi o'yin o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishganmiz. 21 yoki 22-fevralda ham albatta raqib topishga harakat qilamiz. SHundan so'ng Buxoroga qaytamiz", - deydi Hakim Fuzaylov. 





Video. O'rtoqlik uchrashuvi. "Buxoro" "SHo'rtan"ga yutqazdi         

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика