So’nggi yangiliklar

10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  0 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  6 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  239 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5

Hakim Fuzaylov: "Mavsumdagi ilk g'alaba uchun yigitlarga rahmat" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Mavsumdagi ilk g'alaba uchun yigitlarga rahmat"

Pro liga 3-turi doirasidagi "Buxoro" – "Turon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Nima ham derdim, bu yil Pro ligada jamoalari o'tgan yilgiga qaraganda nisbatan teng kuchli. Kuchsiz jamoalar yo'q. Bugungi o'yin buning isboti bo'la oladi. "Turon" juda yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Yigitlarga ilk g'alabani qo'lga kiritishgani uchun rahmat aytaman. "Turon" bunga qadar ketma-ket ikkita g'alabani qo'lga kiritgandi. Menimcha, "Buxoro" raqibga nisbatan ko'p vaziyatlar yaratdi", – deydi Fuzaylov. 

- "Buxoro" ikki yildan beri o'z maydonida o'ynayotgani yo'q. Nima deb o'ylaysiz, "Buxoro" mehmonda o'ynaydigan jamoa sifatida shakllanib bo'ldimi?

- Albatta, bu haqda gapirish og'ir. Stadionni ko'rdim. Aprel oyi o'rtalariga kelib o'z maydonimizda to'p tepishimiz mumkinligini aytishdi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi.

- "Turon" jamoasi bosh murabbiyi maydon holatiga yomon baho berdi. Siz qanday fikrdasiz?

- Bunday faslda kuzatiladigan holat. Albatta, chim biroz yumshoqroq. Hozir bahor. O'ylaymanki, bir necha haftadan so'ng hammasi joyiga tushadi. Jamoamiz yangi. 2:0 dan so'ng xotirjamlikka berilishdi. Ikkinchi bo'limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Serbiyalik darvozabonni jamoaga olib kelish qarori kimdan chiqdi?

- O'z vaqtida "Istiqlol"da ishlaganimda u qo'l ostimda o'ynagan. Professional futbolchi. O'zbekiston chempionatiga ko'nikmoqda. Stoshich hali yanada yaxshi o'ynaydi. Qobuljonov jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Yana 2-3 haftadan so'ng tiklanish mashqlarini boshlaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика