So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  4 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  2 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Hakamlar haqida savol berishni va gapirishni bas qilishimiz kerak Yangiliklar

Hakamlar haqida savol berishni va gapirishni bas qilishimiz kerak

Superliganing dyaerli har turidan keyin murabbiylarning hakamlik va umuman hakamlar haqida gapirayotgani guvohi bo'lyapmiz.

Osiyo chempionlar Ligasida murabbiylar imkon qadar hakamlar mavzusiga to'xtalmaydi. Ular ko'pincha o'yin bilan bog'liq savol beringlar deydi. Negaki hakamlik haqida gapirgan murabbiyni yaxshigina jarima kutib turgan bo'ladi. 

Bizda esa oxirgi paytlarda o'yin qolib hakamlar haqida gapirish, ularning ishidan aziyat chekib boshi berk ko'chaga kirib qolgandek o'zini tutish "moda"ga aylandi. Qaysi bir o'yindan keyin matbuot anjumanini kuzatmang, deyarli hammasida bir xil "shablon" gaplar. Hakam unday qildi, hakam bunday qildi, VAR unaqa, hakamlik bunaqa, buni o'qib murabbiylarimiz shunchalik kuchliki, faqat ularning yo'liga hakamlar to'g'anoq bo'lyapti deb o'ylab qolasan. 

Aslida ham shundaymi? Masalan, men chorasiz qolgan murabbiygina aybni hakamdan qidiradi deb o'ylayman. Mashhur kishilarning bir gapi bor: "Hakam sizga qarshi o'yinni boshqaryaptimi, katta ustunlik bilan g'alaba qozonishga harakat qiling. CHunki futbolning bosh mavzusi hakamlar (hakamlik) bo'lib qolmasligi kerak". 

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix jamoasi ochko yo'qotgan o'yinlarda faqat hakamlar haqida gapiryapti. Bugun Ro'ziqul Berdiev ham hakamlar va VAR mavzusiga to'xtaldi. 

Endi savol: murabbiylarning shundan boshqa aytadigan gapi qolmadimi? Nima uchun biz professional futbolda haliyam ko'chada muxlislar bir-biriga aytadigan gapni eshitishimiz kerak. Bundan zerikib ketmadingizmi? Yoki jurnalistlarimiz savol berishni bilmayaptimi? Qalam ahli ham futbol ko'rganda o'yin chetda qolib, hakamning harakatlarini kuzatib turibdimi? 

Agar jurnalist kasbdoshlarimiz savol berishni bilmay o'tirgan bo'lsa, bu borada yordam berishim mumkin. Masalan, murabbiylardan so'rang, jamoangizda jahon chempionatida o'ynashga loyiq futbolchi bormi? O'zbekiston yuzini erga qaratmaydi deb kimni ko'rsata olasiz? Ish yuritish metodikangiz qanaqa? Zamonaviy futbol murabbiyi qanday xislatlarga ega bo'lishi keark? Bu savolni bemalol Superliganing 14ta klubi bosh murabbiylariga bersa bo'ladi. Qani hamma javob berib ko'rsin-chi. SHaxsan men uchun javobini bilish juda qiziq.

Bizda esa shunday bo'lyaptiki, go'yoki hakamlik mavzusi bu - global muammo. Sen hakamlar haqida gapirsang, yozsang, yoki savol bersang trendga chiqasan. Lekin bu shunchaki arzon ("deshevyy") trend! O'zbek futbolining shundan boshqa muammosi qolmadimi? Qachon sifatli maydonlarga ega bo'lamiz? Qachon bazi klublar uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazishni bas qiladi? O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, terma jamoa sardori "Roma" zaxirasida chiriyapti, ko'proq shular haqida bosh qotirishimiz kerak emasmi? 

Endi tasavvur qiling, O'zbekistonning eng yaxshi futbolchsi zaxiraga mixlanganidan keyin boshqalarga Evropaga yo'l bo'lsin! Evropada o'ynamay turib qanaqasiga Osiyo chempionatini yutamiz, qanaqasiga jahon chempionatiga chiqamiz? Aslida shular emasmi global mavzular?

Hakamlar markazini hakam bo'lmagan uch kishi boshqardi: Bekzod Aripov, Erkin Baxtiyorov va hozirda Laziz Qo'chqorov. Juda ko'pchilikdan eshitdik, bular hakam bo'lmagan, hushtak chalmagan bo'lsa, qanday qilib hakamlarni boshqaradi? Men o'zim ham qiziqib yaqinda bir tajribali sobiq hakamdan so'radim, siz shunga nima deysiz deb. U kishining javobi nima bo'ldi bilasizmi? U kishi savolimga savol bilan javob berdi: "Sen o'zing markazni boshqarishga loyiq deb qaysi hakamni ko'rsata olasan?" To'g'risi, miyamga hech kimning familiyasi kelmadi. "Mana, ko'rdingmi, yo'q bizda munosib hakam, javobingni olding" - dedi sobiq referi.

Agar biz muntazam hakamlik va hakamlar haqida gapirishni davom ettiraversak, ishoning, bu bilan uzoqqa bora olmaymiz. Yaxshisi, hamma o'ziga javob bergani maqul. Murabbiymi - kuchli futbolchi tarbiyalasin, hakammi - o'yinni yaxshi boshqarsin, jurnalistmi - manoli savol bersin. Xullas futbolda hamma o'z ishini qilishi kerak. 

P.S. Bugun chiqqan bir xabar dilni ham xursand qildi, ham xira qildi. "So'g'diyona" 6 sentyabr kuni OFK Kubogida yana bir uchrashuv o'tkazadi. Bu yaxshi xabar. Lekin o'yinning Jizzaxda bo'lishi yuz foiz aniq emasligi - yomon xabar. 6 sentyabrgacha hech qancha vaqt qolmadi. Ammo "So'g'diyona"ning o'z muxlislari ko'z o'ngida futbol o'ynashi hozircha rejalashtirilayotgani - mana bu muammo. Bitta stadion OFK Kubogi (OCHL emas!) talabiga javob berolmay qolsa, dodingni kimga aytasan? 

Xayrulla Xoliqov.

Reyting: -74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика