Gyundogan "Barselona"ni tekinga tark etishi mumkin
08 avg 2023 21:27
Yangiliklar
Gyundogan "Barselona"ni tekinga tark etishi mumkin
Yaqinda kataloniyaliklar safiga qo'shilgan Ilkay Gyundogan jamoani tark etishi mumkin.
Germaniyalik futbolchining shartnomasida "Barselona"ning "Xetafe"ga qarshi chempionatning ilk o'yiniga qadar La Liga ro'yxatidan o'tkazilmasa, klubni tekinga tark etish imkonini beruvchi band mavjud.
Ro'yxatdan o'tkazishning kechikishi kataloniyaliklarning moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani bilan bog'liq. Agar Gyundogan erkin agent sifatida klubdan ketsa, "Barselona" uch yillik shartnomaning birinchi yili uchun 10 million evro to'lab berishi kerak bo'ladi.
"Ko'k-anorranglilar" La Ligadan atigi 13 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning "Xetafe"ga qarshi bahsi 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar