Gvardiola koronavirus yuqtirib oldi
06 jan 2022 18:38
Yangiliklar
Gvardiola koronavirus yuqtirib oldi
Ispaniyalik mutaxassis Angliya kubogi uchinchi bosqichida jamoasiga yordam berolmaydi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar qildi.
Gvardiola bilan birgalikda uning yordamchisi Xuanmo Liloda ham COVID-19 aniqlangan.
Har ikki mutaxassis "Manchester Siti"ning "Angliya kubogi uchinchi bosqichi doirasidagi "Suindon"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi. Gvardiolaning o'rniga jamoani vaqtincha Rodolfo Borrel boshqarib turadi. Bahs 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, ayni paytda klubning 14 nafar xodimi va birinchi jamoaning 7 futbolchisi karantinda bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar