Gvardiola APLda 5-marta yil murabbiyi bo'ldi, u faqat Fergyusondan orqada
22 may 2024 11:25
Yangiliklar
Gvardiola APLda 5-marta yil murabbiyi bo'ldi, u faqat Fergyusondan orqada
"Manchester Siti" bosh murabbiyi ushbu sovrinni beshinchi marta qo'lga kiritmoqda. Pep bundan oldingi 5ta chempion bo'lgan mavsumidan to'rttasida yil murabbiyi bo'lgandi. Bular: 2017/2018, 2018/2019, 2020/2021 va 2022/2023 yilgi mavsumlar.
Bu borada Gvardioladan oldinda faqat Ser Aleks Fergyuson bor. "Manchester Yunayted" sobiq ustozi APLda 11 marta mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Angliya Premer ligasida eng ko'p bor yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan mutaxassislar:
1. Ser Aleks Fergyuson - 11 marta
2. Xosep Gvardiola - 5
3. Joze Mourinyu - 3
4. Arsen Venger - 3
5. Yurgen Klopp - 2 marta.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola joriy mavsum APLda 6-bor chempion bo'lgandi. Bu borada ham undan oldinda faqat Fergyuson bor - 13ta chempionlik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar