Gvardiola: "Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu faqat bir futbolchi tufayli"
22 okt 2016 10:18
Yangiliklar
Gvardiola: "Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu faqat bir futbolchi tufayli"
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola bu ikki jamoani solishtirish noto'g'ri ekanligini aytdi.
"Men "Barselona"dek o'ynashimizni istamayman. Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu jamoa tarkibidagi futbolchilar tufaylidir. Aniqroq aytadigan bo'lsam - bir o'yinchi sabab. Ko'pchilik Gvardiola ingliz futbolini o'zgartirish uchun keldi deyishdi. Ammo men o'zgartirish uchun emas, meni o'zgartirishlarini istaganim uchun "Manchester Siti"ni boshqaryapman. O'rganishni istayman. Futbolchilarim g'alaba qozonib, o'yindan rohat olishlari uchun ularni o'zgartirmoqchiman. SHu sabab meni klubga taklif qilishdi. O'zim ham futbolchilarimning o'yinlariga ko'nikishim kerak" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar