So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Gus Xiddink: "Kontega "CHelsi"da oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Gus Xiddink: "Kontega "CHelsi"da oson bo'lmaydi"

"CHelsi"ning hozirgi bosh murabbiyi jamoani yangi mavsumdan boshlab qabul qilib oladigan italiyalik mutaxassis Antonio Kontega "aristokratlar"da oson bo'lmasligini takidladi.


"Konte dushanba kuni keng ommaga jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. SHuningdek, u taqdimot marosimiga kelib, futbolchilar bilan xam uchrashishi ko'zda tutilgandi. Men futbolchilar chalg'ishlarini istamagandim. Uchrashuv juda tez o'tdi. Kontega bu erda oson bo'lmasligi aniq. Men ham birinchi bor 2009 yilda "CHelsi"ni qabul qilib olganimda o'xshash holatlik bo'lgandi. Farqi u jamoada taniqli shaxslar ko'p edi. Angliya futboli madaniyatini yaxshi biladigan Lempard, Terri, Ballak, Essen, Drogba singari yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Hozir esa vaziyat boshqacharoq. Kontega bu yanada qiyinchilik tug'diradi. Konte Italiyada muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ko'plab sovrinlarga egalik qildi. Bu yaxshi. CHunki "CHelsi"da ham doimo eng yuqori marralarni ko'zlashadi. Konte yuqori bosimda ishlay oladi. CHunki u "Yuventus"da bunga ko'nikkan. Men va Konte o'rtasida ham kichik suhbat bo'lib o'tdi. Biz futbol, Italiya va o'tgan yillar haqida gaplashdik. Klub haqida, oxirgi oylarda olib borilgan ishlar xususida ham gap ketdi", - deydi Xiddink.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика