Grinvudga APLning ikkita grandi qiziqish bildirmoqda
13 may 10:49
Yangiliklar


Grinvudga APLning ikkita grandi qiziqish bildirmoqda
“Marsel“ yarim himoyachisi Meyson Grinvud yana APLga qaytishi mumkin.
Angliyalik futbolchiga “Liverpul“ va “Arsenal“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya jamoalari allaqachon futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurishdi.
Futbolchining o'zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emasligini malum qilgan.
23 yoshli o'tgan yilning yozida MYUdan “Marsel“ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsum hujumchi Franciya jamoasi safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 20 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar