So’nggi yangiliklar

10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  10 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5

Gollandlar Del Boske kemasining elkanlarini tushirib yuborishdi Yangiliklar

Gollandlar Del Boske kemasining elkanlarini tushirib yuborishdi

Jahon chempionati "B" guruhidan o'rin olgan Ispaniya hamda Gollandiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.
O'yindan oldin ispanlarning imkoniyati yuqoriroq baholangan bo'lishi mumkin. Sababi, Del Boske shogirdlari tarkib borasida ancha kuchlilar. Boshqacha qilib aytganda, bugun tajriba shijoatga qarshi maydonga tushgan edi.

Birinchi bo'lim ortiqcha hayajonlarsiz o'tdi. 27 daqiqada Xabi Alonso penaltidan gol urganidan so'ng o'yin saviyasi pasaygandek bo'ldi. Tanaffusga chiqib ketish arafasida Robin Van Persi bosh bilan to'p kiritib muvozanatni tikladi.



53 daqiqada Robben ajoyib tarzda gol urishga erishdi. SHu goldan so'ng Del Boske Xabi Alonsoni olib maydonga Pedroni tushirdi. Natijada, tayanch yarim himoyasi kuchsizlanib qoldi.

64 daqiqada Sneyderning to'p uzatishidan so'ng De Vrey boshi bilan hisobni o'zgartirdi.
Gollandlar uchinchi to'pni kiritishganidan so'ng Kasilyasning asablari ham dosh bermadi. U oyog'idagi to'pni raqibga topshirib qo'ydi. Robin esa bunday sovg'alarni ko'kka sovurmaydi.

Ispaniya himoyasi sochilib ketdi, gollandlar nima hoxlashsa, shuni qilishdi. 80 daqiqaga kelib esa  Robben super yurishni namoish etib berdi. Juda katta tezlikda raqib o'yinchilarini chalg'itib uchrashuvga nuqta qo'yuvchi golni urdi.
Ikkinchi bo'limda Gollandiya azolari nima hoxlashsa, shuni vilishdi.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика