So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

G'olib G'aybullaev: “Navbahor” – O'zbekistonda bizga raqobatbardosh jamoa. Ularni o'rganib chiqqandik” Yangiliklar

G'olib G'aybullaev: “Navbahor” – O'zbekistonda bizga raqobatbardosh jamoa. Ularni o'rganib chiqqandik”

O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” azosi G'olib G'aybullaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Final haqida

O'yin qiyin o'tishini bilgandik. “Navbahor” jamoasi ham kuchli. Ko'rib turibsiz, bizga raqobatbardosh bo'lib turibdi. Superligada chempionlik uchun ular bilan kurashmoqdamiz. Ularni o'rganib chiqqandik. SHunga munosib tayyorgarlik ko'rgandik. Qiyin bo'ldi, omad biz tomonga kulib boqdi va g'alaba qozondik.

- “Navbahor” hujum chizig'ida tajribali futbolchilar o'ynaydi. Ammo ularga bugun deyarli imkoniyat berilmadi. Sizga kimnidir individual tarzda qo'riqlash yuklanganmidi?

- Yo'q, hech kimni individual tarzda qo'riqalash vazifasi topshirilmagandi. Lekin, hamma o'yinchilarni o'rganib chiqqandik. Murabbiylarimiz ko'rsatmalarni berishgandi. SHunga yarasha tayyorlandik.

- 2-taym oxirlarida Husniddin Aliqulov markaziy hujumchiga aylandi. O'sha paytda orqa chiziqda o'ynash sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Yo'q, bu narsa rejalarimizda bor edi. SHunday kerakli vaziyatda Husniddin oldinga, Umar aka esa orqaga o'tadi. O'ylangan rejamiz bor, shunga qarab harakat qildik.

- CHempionat finishiga 3 tur qoldi. “Nasaf” o'z tarixida ilk titulni qo'lga kirita oladimi?

- Xudo xohlasa, qo'ldan kelgancha bunga intilamiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика