So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  2 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

G'iyos Komilov: "Farg'onada borimizni beramiz" Yangiliklar

G'iyos Komilov: "Farg'onada borimizni beramiz"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qo'qon-1912" o'yinidan oldin "Qo'qon-1912" jamoasining markaziy himoyachisi G'iyos Komilov o'z fikrlarini bayon qildi.

"CHempionatimiz Superligaga aylanib, unda 12ta jamoaning ishtirok etishi kuchli raqobatni yuzaga keltirdi. Hech bir jamoa birorta ochkoni osonlikcha qo'lga kiritgani yo'q. Mavsum so'nggiga qadar intriga davom etishiga shubha qolmadi.

O'yinlarning televideniya orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinishi hamda muxlislarga qulay bo'lgan vaqtlarga qo'yilishi juda katta yangilik va oldinga siljish bo'ldi.
CHempionat formatining o'zgarishi, yani jamoalarning ikkita oltilikka bo'linishi esa mavsum so'nggiga qadar oson o'yinlar bo'lmasligini taminlaydi.

Bizni oldinda "Neftchi"ga qarshi juda ham muhim o'yin kutib turibdi. Farg'onada bo'ladigan derbilar doim murosasiz o'tgan. Endigisi esa yanada shiddatli "jang"ga aylanishi shubhasiz. Biz Farg'onada borimizni beramiz. Kuchli oltilikka kirishimizga ishonaman. Imkoniyat bor ekan oxirigacha kurashamiz. O'ylaymanki Olmaliqda ham shiddatli o'yin bo'ladi. AGMK ketma-ket g'alabali seriyasini davom ettira olsa kerak, chunki ular uchun ham "Metallurg"dan olinadigan ochkolar oltinga teng bo'lishi shubhasiz".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика