So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Germaniya kubogi orzularni ro'yobga chiqarmoqda - fantastika! Yangiliklar

Germaniya kubogi orzularni ro'yobga chiqarmoqda - fantastika!

Germaniyaning sharqiy mintaqasidagi Droxterzen shaharchasida ajoyib futbol muhiti hukmronlik qilmoqda.

Hammasiga sabab esa Germaniya kubogining 1-raundiga tashlangan qo'ra. Aynan qura tufayli Germaniya kubogining dastlabki raundida "Droxterzen" "Bavariya"ga duch keldi.

Bilasiz, Germaniya kubogi o'yinlari bir uchrashuvdan iborat. SHu boisdan ham "Bavariya" futbolchilari uchun ertangi bahsda g'alaba juda muhim. "Droxterzen" futbolchilari uchun esa "Bavariya"ga qarshi bahs - orzular ruyobga chiqishi. Mahalliy jamoa uchun Germaniya chempioniga qarshi o'yin hayot-mamot bellashuviga teng.

Droxterzen shahri hokimi ham "Bavariya"ning kelishiga o'z munosabatini bildirdi.
- "Bizning o'lkada bunga o'xshash voqea hali bo'lmagan. Nafaqat futbol doirasida, balki shahar tarixida ham bunaqa ulkan voqea bo'lgan emas. Xalqimiz juda qattiq hayajonda. Bunaqasi 100 yilda bir bo'ladi", - deydi Mayk Ekxoff.

Albatta 11 minglik aholiga ega Droxterzen shaharchasi uchun "Bavariya"ning tashrifi haqiqiy sovg'aga aylanmoqda. Turtinchi liganing havaskor klubi uchun jahonning grand jamoasiga qarshi o'ynash ulkan sharaf.


Droxterzen uchun asrga tatigulik tarixiy uchrashuv

- "Barcha eyforiyada. Muxlislarimiz o'yinni intiqlik bilan kutishmoqda. Bir haftadan buyon muxlislarimiz, barcha-barcha "Bavariya"ga qarshi o'yin havosi bilan yashamoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa muxlislar uchrashuvni futbolchilardan ham ko'proq kutishmoqda", - deydi klub prezidenti Rigo Goosen.

Aslida 3000 tomoshabinga mo'ljallangan o'yingoh "Bavariya" kelishi aniq bo'lgach o'rindiqlar soni 7500ga ko'paytirilgan. Germaniya kubogi qurasidan so'ng stadion sig'imi 4500 o'rindiqqa kengaytirildi.

"Droxterzen" klubi prezidenti Rigo Goosen uchrashuvni boshqa shaharchadagi stadionda o'tkazish varianti ham bo'lganini, ammo buni istashmaganliklarini takidladi.

- "To'g'ri, o'yinni "Sankt-Pauli" stadionida o'tkazishimiz ham mumkin edi. Xattoki bunda ko'proq moliyaviy daromad olish imkoniyati ham tug'ilgandi. Lekin biz buni rad etdik. O'yinni aynan shahrimiz hududida o'tkazish lozim edi. CHunki xalqimiz xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan tarixiy o'yin o'zimizda bo'lgani maqul", - dedi klub prezidenti Rigo Goosen.

Bu o'yin qanday natija bilan tugashidan qati nazar "Droxterzen" jamoasi futbolchilari butun umrga yodda qoladi. Bu jamoaning tarkibida birorta professional futbolchi yo'q. Masalan markaziy himoyachi Klee g'isht quyuvchi bo'lib ishlaydi. Klee shu kuni o'z qanotiga yaqin bo'lgan joyda harakat qiladigan Frank Riberiga qarshi to'p suradi.

- "Men 23 yildan buyon "Bavariya"ga muxlislik qilaman. Mazkur bahs men uchun lotereyada chiqqan jekpotga aylandi. Albatta maydonga tushgandan so'ng natija uchun o'ynashga harakat qilamiz. Aks holda maydonga tushishdan ne naf?", - deydi Klee.

Droxterzen shahri ertangi bo'ladigan "Bavariya"ga qarshi o'yinni juda katta qiziqish va intizorlik bilan kutmoqda.

* Barcha jamoalar uchun teng sharoit va bir xil start - Germaniya kubogi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика