So’nggi yangiliklar

09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  4 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  5 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7

Gennadiy Kochnev: "Baribir mezbonlarni kuchi bilinib turdi" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "Baribir mezbonlarni kuchi bilinib turdi"

“Andijon” – “G'ijduvon” (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida qatnashdi.

-  O'yin haqidagi dastlabki fikrlaringiz?

-  Biz “Andijon”ning kuchli ekanligini bilgan holatda bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. Burchak zarbalari, standart vaziyatlar bo'yicha biz etarlicha uchrashuvga tayyorgarlik ko'rgandik. Ko'rdinglar, birinchi gol himoyachimiz va darvozabonimizni qo'pol xatosi tufayli yuzaga keldi. Ikkinchi golni ham hozir kiyinish xonasida ko'rib tahlil qilib chiqdik. Jarima maydoni ichida muvozanatni yo'qotganimiz sababli to'p o'tkazib yubordik. Alamli bo'ldi, albatta. CHunki bir vaziyatni yaratimiz deb o'zimiz uchun mushkul vaziyatga tushib qoldik. O'z o'rnida “Andijon”ni g'alaba tabriklayman. CHunki kuchli jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Bu jamoa bilan tengma-ten harakat qilish juda ham qiyin. Biz bu erga kurashib, qattiq mehnat qilib ochko olishni maqsad qilgandik. Afsuski, o'yin “Andijon” foydasiga tugadi. 

-  Ko'rdik, “G'ijduvon” yaxshi jamoa ekan. Lekin mag'lubiyat doim mag'lubiyat. Jamoaga nima etishmadi?

-  Bunga ko'p narsalarni aytish mumkin. “Andijon” kuchli jamoa. To'pni nazorat qilishda kamchiliklarimiz sezildi. To'pni nazoratimiz ostiga olib, mashg'ulotlardagi ko'rsatmalarni yigitlar to'liq bajarganida natija boshqacha bo'lardi. Yana qaytaraman: bu erda raqibning kuchli jihatlari muhim rol o'ynadi. Bazi futbolchilar men kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. “Andijon”ni bosimi ham bunga qarshilik qildi. Baribir mezbonlarni kuchi bilinib turdi. 

-  Legioner Song Longji “G'ijduvon”dan ketdi. Nima bo'ldi, o'zi? Bu katta yo'qotishmi?

-  U birinchi davrada o'ynagan, men uni ko'rmaganman. Yigitlar bilan gaplashganimda unda jarohat bo'lganini sababini aytishdi. U to'purar hujumchi edi. Futbolchilarni aytishicha, uning ketishi jamoa uchun yo'qotish bo'ldi. Lekin biz “Buxoro”da ikkita o'yinchi oldik, Firdavs Asadov bilan Bobur Omonovni. O'ylaymanki, tajribali o'yinchilarni safimizga qo'shib oldik. Songni ko'rmaganim uchun u haqida fikr bildira olmayman. 

-  Jamoani maqsadi qanday?

-  Ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish. SHuning uchun har bir uchrashuvda ochko uchun qattiq kurashamiz. Bu erga ochko olishga kelgandik. Bilamiz, “Andijon” kuchli jamoa. SHu sababli ham qattiq mehnat qilib, qarshi xujumlarda gol urishga harakat qildik. Faqatgina bizda markazda to'pni nazorat qilish imkoniyati bo'lmay qoldi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика