Gattuzo: "Iguain ketsa g'amga botmayman"
16 jan 2019 12:41
Yangiliklar


Gattuzo: "Iguain ketsa g'amga botmayman"
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hujumchi Gonsalo Iguainning jamoadan ketishiga qarshi emas.
"Gonsalodan jamoadan ketish istagi borligini eshitmadim. U bizning klubda jonini berib mashg'ulotlar olib bormoqda. Biz ham Iguainning so'nggi qarorini kutyapmiz. Agarda u "Milan"ni tark etsa, bundan g'amga botmayman. Men ham futbolchi bo'lganman va ularning hayotida har qanday holat bo'lishini bilaman. Birovlar haqida gapirish kerak emas. Ularning miyasida nimalar borligini bilmaymiz", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar