Gallaxer "Atletiko"ga o'tishni xohlamoqda
22 iyu 01:48
Yangiliklar
2022 yil "Nyukasl"ga o'tguniga qadar "Atletiko" sharafini himoya qilgan Kiran Tripper Evro-2024 paytida Angliya terma jamoasidagi sherigi bilan suhbatda sobiq jamoasi haqida iliq fikrlarni bildirgan. Himoyachi "CHelsi" xavbekiga o'z kuchini La Ligada sinab ko'rishni tavsiya qilgan.
"Atletiko" rahbariyati Gallaxerning o'tishni xohlayotganini biladi va bu uchun bor imkoniyatni ishga solishga tayyor. "CHelsi"ga ilk taklif ham berildi (20 mln evro), ammo u rad etildi.
Konor o'tgan mavsum APL doirasidagi 37ta o'yinda 5ta gol urdi.
Fikrlar