"Galatasaroy" Torreyrani "Arsenal"dan xarid qilmoqchi
02 avg 2022 11:01
Yangiliklar
"Galatasaroy" Torreyrani "Arsenal"dan xarid qilmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachi Lukas Torreyra bo'yicha "Galatasaroy"dan taklif oldi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, transfer borasidagi muzokaralar doimiy asosda davom etmoqda.
London klubi o'yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Istanbulliklar endilikda 26 yoshli urugvaylikning o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishishlari kerak.
Torreyra o'tgan mavsumni "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. U italyan jamoasi tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar