So’nggi yangiliklar

14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  2 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  0 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  6 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  0 12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  5 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  3 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  5 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  18 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5

"Galatasaroy" Koutinoni ijaraga oladi Yangiliklar

"Galatasaroy" Koutinoni ijaraga oladi

"Aston Villa"dagi omadsiz mavsumdan so'ng Filippe Koutino ijara shartnomasi asosida Turkiyaga yo'l oladi.

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi braziliyalik futbolchiga shu hafta "Aston Villa"ni tezda tark etish imkonini beradigan shartnoma taklif qilmoqda. Istanbul giganti mamlakatda chorshanba kuni transfer oynasi yopilguniga qadar Braziliya terma jamoasi futbolchisini tarkibiga qo'shib olmoqchi. "Galatsaroy" APL vakilini bitimga ko'ndirishga urinmoqda. Ammo "Villa" o'tgan yozda Koutinoni butunlay o'ziniki qilish uchun sarflagan 17 mln funtning hech bo'lmaganda bir qismini qaytarib olishni istaydi. 

Klubga yangi bosh murabbiy Unai Emeri tayinlangandan so'ng Koutinoning Janubiy Amerikaga qaytishi mumkinligi aytilgan edi. Sobiq "Liverpul" yulduzi joriy mavsumda birorta gol urmadi va golli uzatmani amalga oshirmadi. U hali Emeri qo'l ostida birorta o'yin o'tkazganicha yo'q. 

Koutino "Aston Villa"ning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U haftasiga 125 ming funt ishlab topadi. "Galatasaroy" futbolchiga asosiy tarkibdan joy vada qila oladi. Uning kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etishi ehtimoli yuqori.

Filippe Koutino 2022 yilning yanvar oyida "Barselona"dan ijaraga olingandi. Ajoyib yarim yildan keyin futbolchi doimiy asosda Angliya chempionatiga yo'l oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика