So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Fyodorov vadasining ustidan chiqdi, otasiga rahmat! Yangiliklar

Fyodorov vadasining ustidan chiqdi, otasiga rahmat!

Moskva safarim davomida eng mazza qilganim Andrey Fyodorov bilan uchrashuv bo'lgandi.
Faxriylar o'rtasidagi o'yindan keyin Fyodorov bizni uyiga olib ketgan va 4-5 soat davomida uning xonadonida mehmon bo'lgandik. Mehmondorchiligimiz suhbatga boy bo'lib, “Xirosima-94” va “KECHA, BUGUN, ERTAGA” loyihalarimiz uchun ikki xil ko'rinishdagi intervyu bo'lgan edi.

Intervyu olishning siri bor. Qahramoningiz ichiga kirib olsangiz, tamom. Istagan savolingizni berasiz va o'zingiz istagan javobni olasiz. Fyodorovlar oilasi bilan shunchalik chiqishib ketdim-ki, ochiq savolga o'tdim.

N.YU: -   Menimcha, faoliyatingiz davomida etarlicha mablag'ni ishlab topdingiz. SHu mablag'larni ishlab topishda “Neftchi”ning roli katta bo'lgan.  Endi Vatanga “qarzingiz”ni qaytarish vaqti kelmadimi? Balki, katta bo'lmagan pulga “Neftchi”ni avvalgi mavqeyini tiklashda yordam berarsiz? Bahonada kenja farzandingizni Farg'ona bilan yaqindan tanishtirasiz. Farg'onaning “original” anor va uzumlarini maza qilib istemol qilishga nima etsin!

A.F: -   Mablag' borasida nima desam bo'ladi, barchasi uchun futbolga rahmat aytaman. Taklifingiz haqiqatdan ham qiziqarli. Aslida bunday niyatim yo'q emas. Misha (Murod Ismoilov) “Neftchi”ni qabul qilib olayotgan paytda men bilan maslahatlashib, hatto hamkorlik qilishga chaqirdi. U bilan yoshlikdan do'stman. Bitta qishloqda katta bo'ldik. Balki siz aytgan ish amalga oshar. Haqiqatdan ham oilam anchadan beri Farg'onada bo'lmagan. Kenja farzandim esa biror marta u erda bo'lgan emas. Lekin u erda mening yaqin do'stim murabbiy, unga raqobatchi bo'lish niyatim yo'q.

N.YU: -   Men ko'proq sizni jamoa murabbiyi emas, klub rahbariyatida ishlashingizni istardim. Siz ko'pni ko'rgan mutaxassissiz. “Rubin”da ko'p yillar davomida selekciya bo'limida faoliyat olib bordingiz, xorij turnirlarida qatnashib tajriba oshirdingiz. Jamoa strukturasiga, pulni emas, muxlislarini o'ylaydigan mutaxassis kerak, menimcha, bu siz bo'lasiz. Klubda zamonaviy akademiya ochilish arafasida. Rossiyada tanishlaringiz ko'p. Bu akademiya biron bir zamonaviy futbol akademiyasi bilan hamkorlik qilsa chakki bo'lmasdi. Rossiya chempionati o'yinlarini ko'rdik. Muxlislarga yaratilgan sharoitlar shunchaki ajoyib. Siz bu erda 10 yildan ortiq faoliyat olib bordingiz, “Neftchi”da pul yo'q emas. Marketing va akademiyani rivojlantirish uchun etarli bilimga ega bo'lgan mutaxassis kerak.

“Neftchi”ga mutaxassis taklif qilish mening vakolatim emasligini yaxshi bilardim. Ammo mening nazdimda bugungi kunda “Neftchi”ning mavqeyini tiklashda va tub burilish yasash yo'lidagi eng kerakli odam Fyodorov edi.

Mana Fyodorov “Neftchi”ga qaytdi. Endi u do'sti Murod Ismoilovga yordam beradi va o'z tajribasi bilan o'rtoqlashadi. Toxir Kapadzega esa klub strukturasida yordam beradi. Eng muhimi, yangi ochilayotgan akademiyaga uning foydasi katta bo'ladi. Agar Fyodorovni kimdir chiqishtirmasa va uning klubdan ketishiga sabab bo'luvchi ig'volarni tarqatsa, bunga biz ham qarab turmaymiz. Bizning futbolga Fyodorov kabi halol insonlar kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика