So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  17 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  30 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

Futzal. Yaponiyaga yutqazib ikkinchi bo'lishimiz kerak edimi? Yangiliklar

Futzal. Yaponiyaga yutqazib ikkinchi bo'lishimiz kerak edimi?

O'zbekiston terma jamoasi agar guruhda ikkinchi o'rinni olib Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib borganida yarim finalga chiqa olmasdi!
Balki chiqa olardi, lekin Tailand bizdan ko'ra ancha kuchli raqib va yaponlarning hiylasi avvalo bizga ko'proq foyda berdi. Ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasining bugun qayd etgan natijasidan kelib chiqib murabbiylar shtabini keskin tanqid qilyapti. O'ylaysizki, guruhda ikkinchi o'rinni olganimizda biz hozir yarim finalda Quvaytga qarshi o'ynarmidik? Yo'q albatta, bizning yigitlar allaqachon Toshkentga etib kelgan bo'lardilar.

Tailand terma jamoasi Eronni Osiyo Kubogida ikki marotaba mag'lubiyatga uchratib finalga chiqqan. So'nggi Osiyo chempionatida aynan Tailand terma jamoasi Eronni finaldan mahrum qilganini hamma ham bilmasa kerak.

Tailand terma jamoasi 13 marta Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Ikkita kumush, 4ta bronza. CHakki natija emas, to'g'rimi?

Tailand futzalchilari 4 karra JCH ishtirokchisi! 2012 yil shu mamlakatda bo'lib o'tgan musobaqada Tailand terma jamoasi guruhdan chiqa olgan. 1/16 finalda esa yakunda finalga qadar etib borgan Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi.

Undan keyin bu O'zbekiston milliy terma jamoasini to'liq tarkibi emasligini ham unutmasligimiz lozim. Eliboev, SHaripov va Irsaliev kabi etakchi futzalchilarimiz musobaqaga bormaganlar.

"Afsuski, jarohat tufayli bu musobaqada ishtirok eta olmayapman. Do'stlarim va ukalarimga esa qiziqarli chempionat uchun rahmat aytishim mumkin. Haqiqatdan ham Tailandga tushsak maqul bo'lardi degan gaplarni eshityapmiz. Ammo unutmaslik kerakki, Tailand terma jamoasi JCHlarda pishgan jamoa. U erda futzal juda rivojlangan. Muhimi, "Lokomotiv" uchun OCHL yo'llanmasi yutildi", - deydi Dilshod Irsaliev.

Aslida musobaqada guruhdan chiqa olish haqida o'ylayotgan edik. Hattoki, "Lokomotiv" OCHLda ishtirok etmasligi uchun O'zbekiston terma jamoasi atayin guruhda qolishni rejalashtirgan degan gaplar ham chiqdi. Balki Erondan yirik hisobda mag'lubiyatga uchragandirmiz, ammo "Lokomotiv" uchun OCHL masalasini ijobiy hal qildik.

Eron esa bu boshqa masala, xorijlik mutaxassislar aytganidek, Eronda yangi tug'ilgan chaqaloqqa futzal to'pi sovg'a qilinadi.

SHunday ekan, futzalchilarimizni koyimaylik! Muxlislarga esa alohida rahmat! Hatto vetnamliklar ham O'zbekiston deb baqirib yuborishdi.

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика