So’nggi yangiliklar

09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  0 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  2 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  3 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  65 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston hamda Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'yindan matnli translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

Futzal.

O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi 2:1 

Gollar: Hamroev 9, Ahadjonov 13 - Askarbekov 15.

Toshkent. "Yunusobod" sport majmuasi

Hakamlar: Hushnud Atamuradov, Behruz Murtazoev, Anatoliy Rubakov, Nikita Afinogenov

Komissar: Umidjon Xatamov

Hakamlar inspektori: Bahtiyor Nomozov

Ogohlantirishlar: Isabekov 14, Odilov 26.


O'zbekiston: Birinchi beshlik - 16.Abbos Elmurodov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 11.Akbar Usmonov.
Zaxira: 1. Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 7.SHahram Fahriddinov, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To'lqinov, 10.Davron CHoriev, 13.Qosimjon Safarov, 14.Davlat Ibragimov.


Qirg'iz Respublikasi: Birinchi beshlik - 2. Bekbolot Akmataliev , 4. Salamat Mambetaliev, 6. Nursultan Abdilaev, 9. Maksat Alimov, 17. Abdujalil Ulu Aidarbek.

Zaxira: 1. Ulug'bek Abdilaev, 3. Azat Isabekov, 7. SHohruh Mahmadaminov, 8. Muhamed Askarbekov, 10. Marlen Joldubaev, 11. Azamat Dolotkeldiev, 12. Abdurahim Daniyar Ulu, 13. Kayrat Kubaychov, 14. Manas Abdurasul Uluu, 15. Azamat Isabekov.

Eslatib o'tamiz, terma jamoalar kecha dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazishgan va unda yurtdoshlarimiz 4:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Mazkur bahs mehmon terma jamoa bosh murabbiyi so'roviga ko'ra, xech qaerda namoyish etilmadi.

MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida g'alabaga erishdi!


39. Mehmonlar taym-aut olishdi. Raqiblar safida o'ynovchi darvozabon maydonga tushdi. 


37. Davlat Ibragimov bitta epizodda ikkita zarba yo'llashga ulgurdi. Birinchisi ustunga tegdi, ikkinchi zarba esa darvozabonning boshiga tegib maydondan chiqib ketdi. 


35. Mehmonlar ajoyib hujum uyushtirishgandi. Deyarli bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to'pni Rustam Umarov qaytarib qoldi. Super seyv, super reakciya! 


31, Raqiblarning kuchli zarbasidan so'ng Umarovdan yana bir ajoyib harakat. Darvozabonning reakciyasiga tasanno!


30. Maksad Alimovning jarimadan bergan zarbasini Rustam Umarov chiroyli seyv bilan bartaraf etdi. 


26. Mashrab Odilov raqibga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. 


21. Maksad Alimov Abbos Elmurodov bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba berdi. 


Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


TANAFFUS!


Birinchi bo'limdan olingan suratlarni tomosha qiling.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


19. Qirg'iz Respublikasi futbolchilari oldinga o'tishdi. Kubaychovdan zarba. Abbos yana seyv namoyish etdi! 



18. Raqiblardan yana kuchli zarba. Elmurodovdan ajoyib seyv! 


17. Raqib futbolchisi Mambetaliev chap qanotdan yaxshi "reyd" amalga oshirdi. Biroq, uning yakuniy zarbasi noaniq bo'ldi.  


15. Raqiblardan gol! Muhamed Askarbekov Ropievning kutilmagan xatosidan unumli foydalandi va hisobni qisqartirdi - 2:1...

14. Anasxon Rahmatovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik sabab raqib futbolchisi Azamat Isabekovga sariq kartochka.


13. GOOLL! Muzaffar Ahadjonov! Akbar Usmonovdan yana bir golli pas! U Ahadjonovni bo'sh darvoza o


12. Vakillarimizdan yana bir chiroyli hujum. Usmonov yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 

12. Darvozabonimiz Abbos Elmurodov 5-o'yinchi sifatida maydonga chiqa boshladi. 


9. Raqiblardan qarshi hujum.


9. GOOOOL! Ilhom Hamroev raqib darvozasini ishg'ol qildi. Akbar Usmonov ushbu vaziyatda unga to'pni etkazib bergandi.

8. Ajoyib kombinaciyani Hamroev kuchli zarba bilan yakunlagandi. Afsuski, ushbu vaziyatda raqiblar posboni chiroyli harakat qildi. 


8. Ahadjonovdan noaniq zarba.


7. Mehmonlar kecha nisbatan kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan to'rtlikni maydonga tushirdi.

6. Raqiblar yaxshi imkoniyatga ega bo'lishgandi. Darvozabonimizdan seyv!


3. Muzaffar Axadjonovdan juda kuchli, lekin noaniq zarba.


2. Qirg'iz Respublikasi tarkibida Alimovning o'ng qanotdan pasidan so'ng Nursultan Abdilaev foydalana olmadi. 


1. O'yin boshlandi. 



- Assalomu alaykum hurmatli futzal ishqibozlari. O'zbekiston hamda Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini boshlaymiz. 




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика