So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Futzal. O'zbekiston MTJ Ummon bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston MTJ Ummon bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

SHu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Bu haqda xabar bergan edik.

Foto Futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ mashg'ulotlarni davom ettirmoqda


Qita birinchiligiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borayotgan O'zbekiston MTJ Ummon terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishdi. Uchrashuvlar 18 va 19 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. SHundan keyin terma jamoamiz Turkmanistonga yo'l oladi.

Ummon ayni paytda jahon reytingida 767 ochko to'plagan holda BAA bilan birga 92-o'rinni bo'lishib turibdi. O'zbekiston MTJ esa 1221 ochko bilan 24-pog'onani band etgan.



Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida 16 terma jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston MTJ "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Ummon esa "A" guruhida Turkmaniston, Vetnam hamda Tojikiston termalari bilan bellashadi.

Qitaning eng kuchli 5 jamoasi Litvada bo'lib o'tadigan to'qqizinchi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика