So’nggi yangiliklar

03:09"Оловга мой сепган" Ямаль ёхуд "Реал" футболчилари нега "Барса" аъзосига ташланиб қолишди?  9 03:06АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Эвертон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 03:02А Серия. "Рома" меҳмонда ғалабага эришди, "Ювентус" эса Римда мағлуб бўлди  1 02:04Миржалол Қосимов: "Охиригача курашиш - спорт принципи"  1 01:59Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"  13 01:00Илёс Зейтуллаев: "Каннаварога 'D’accordo' дея олмайман"  0 00:34Отабек Нарзуллаев: "Қашқадарё чемпион бўлишини хоҳлаймиз"  4 23:22Англиянинг уч топ-клуби "Бавария" футболчисига кўз тикмоқда  2 22:50Эл Классико. "Реал Мадрид" — "Барселона" 2:1  17 22:22Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди  348 22:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Машъал" 2:1  0 21:00АПЛ. "Ман Сити" Ҳусановсиз меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди, "Арсенал" ўз уйида минимал ғалабага эришди  8 20:53МЮ январь ойидаёқ Беллингемни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 20:35Суперлига. ОКМК – "Насаф" 1:1   7 20:24Суперлига. Бир киши кам "Бунёдкор" "Машъал"ни мағлуб этди  11

Futzal. O'zbekiston chempionatida 2-tur yakunlandi. Musobaqa jadvali, ramziy terma jamoa va to'purarlar poygasi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston chempionatida 2-tur yakunlandi. Musobaqa jadvali, ramziy terma jamoa va to'purarlar poygasi

Teglar :  Oliy liga
Ikkinchi turdan keyin ham qo'shhokimlik…

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur bahslariga vodiy javhari – Andijon shahri mezbonlik qildi. Jahon chempionati-2024 munosabati bilan qurib foydalanishga topshirilgan muhtasham «Universal» sport majmuasida muxlislar olti kun mobaynida murosasiz va qiziqarli o'yinlarning shohidi bo'lishdi.

Ikkinchi tur oldidan chempionatda qo'shhokimlik hukmronlik qilayotgandi: Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning SQB jamoalari yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilishayotgandi. Ikkinchi turdan keyin ham karvonboshilar soni ikkita. Faqatgina SQB o'z mavqeini saqlab qolgan bo'lsa, poytaxtliklarga amaldagi chempion – Jizzaxning BMB PFC jamoasi tenglashib oldi. Qarshining «Nasaf» jamoasi o'tgan yilgi vice-chempion – «Oil Star»ga qarshi murosasiz o'yinda imkoniyatni boy berib, uchinchi o'ringa tushib qoldi. O'z navbatida ikkinchi turni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Olmaliqning OKMK jamoasi qarshiliklarga tenglashib oldi.

Ayni paytda kuchli to'rtlik taqibchilaridan biroz uzoqlashib olgan. Etakchi kvartetga eng yaqin turgan jamoalar orasida buxoroliklarning poygaga qo'shilish imkoniyati yuqori. «Lokomotiv» hamda «Dinamo» ham uncha uzoqda emas, biroq bu jamoalarni keyingi turlarda anchagina murakkab uchrashuvlar kutib turibdi.

O'z navbatida chempionatning barcha ishtirokchilari har bir o'yinda bor kuch va mahoratlarini ishga solishayotgani, so'nggi soniyalargacha kurashayotgani etiborga molik. Hatto hali bironta ham ochko jamg'armagan, yosh futzalchilardan tashkil topgan «Maksam-Chirchiq» namoyish etayotgan o'yinlarga nazar tashlang. Omad kulib boqqanida va biroz tajriba bo'lganida Bahodir Ahmedov shogirdlari Andijonda «Nasaf»dan ham, «Dinamo»dan ham ochko olardi. Shunday ekan, biz endi 3-turni sabrsizlik bilan kutamiz.

3-tur esa muxlislarni ko'p kuttirmaydi. Boshlanayotgan haftaning chorshanba kuni Oliy liga jamoalarini Jizzax shahri o'z bag'riga chorlaydi. 3-tur uchrashuvlari Jizzax futbol akademiyasi (sobiq oliy mahorati maktabi) sport zalida bo'lib o'tadi.



2-turning RAMZIY terma jamoasi

O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati Andijon shahrida bo'lib o'tgan turni atroflicha yoritgan ommaviy axborot vositalari vakillari, «Universal» sport majmuasida tur uchrashuvlarini bevosita kuzatib borgan futzal faxriylari hamda mutaxassislari fikrini umumlashtirib, 2-tur Ramziy terma jamoasini tuzdi.


2-tur Ramziy terma jamoasi quyidagi ko'rinishni oldi:


Rustam Umarov (“Oil Star”)

Mamasharif Xalimov («Nasaf»)

Jhonny Alejandro Ramirez Usuga (SQB)

Alex Dias da Silva (“BMB PFC”)

Elbek To'lqinov (“Oil Star”)



Mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 2-tur bahslaridan so'ng musobaqa jadvalida yuzaga kelgan vaziyat bilan tanishing.



To'purarlar poygasida ham raqobat jiddiy…

XXIX milliy chempionat to'purarlari poygasida ham qo'shhokimlik hukmron. “Oil Star” hujumchisi Behruzbek Samiev BMB PFC goleadori Muzaffar Axadjonovga tenglashib oldi. Endilikda peshqadam bombardirlar hisobida 8 tadan gol bor.

Mazkur jamoalarning “ikkinchi raqamli” to'purarlari – Elbek To'lqinov hamda Hebbert Oliveyra – Bolt hisobida 7 tadan gol bor.

SQB to'purari Kristian Alberto Berrio Xoyos raqiblar darvozasiga 6 ta gol urgan.

OKMK hujumchisi Leonardo Augusto Da Silva Leyte hamda SQB etakchisi Akbar Usmonovlar hisobida esa 5 tadan gol bor.

Keyingi pog'onalarda borayotgan – Aslbek Isroilov («Bunyodkor»), Vitor Manoel da Silva (BMB PFC), Ixtiyor Ropiev («Nasaf») hamda Husanxon G'aniev («Bunyodkor») lar esa raqiblar darvozasini 4 martadan aniq nishonga olishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 okt 14:04:31
ELDOR Xayrullayev
Futzal uzbekiston chempionati qiziq emas chunki uzbekiston chempion bolgan osiyo chempionati ishtirok etmayapti faqat chempionati ozi bilan hech narsa erisha olmaydi klublar ichki raqobat yaxshi lekin tashqi raqobat ham kerak terma jamoasi uchun ham yaxshi boladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика