So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  6 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  0 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  1 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  1

Futzal. "Lokomotiv"ning yangi legioneri - Vitaliy Borisov haqida Yangiliklar

Futzal. "Lokomotiv"ning yangi legioneri - Vitaliy Borisov haqida

Mini futbol bo'yicha mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" 25 - 30 avgust kunlari Xitoyning CHengdu shahrida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
"Temiryo'lchilar" musobaqada munosib ishtirok etish maqsadida o'z saflariga bir qator yangi futzalchilarni jalb qilishdi. Ulardan biri Ozarbayjonlik Vitaliy Borisov, "Lokomotiv" azosiga aylangan legioner haqida imkon qadar malumot berishga harakat qilamiz.

Vitaliy Borisov 1982 yilning 5 iyulida Bokuda tug'ilgan. Futzal bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi sardori, shuningdek, plyaj futbolida ham faoliyat olib boradi.



Futzalchi faoliyatining asosiy qismini Ozarbayjonning ko'p karra chempioni Naxichevanning "Araz" klubida o'tkazgan. Bundan tashqari, legioner bo'lib ham o'ynagan. U 2007 yili "Dina" (Moskva) bilan shartnoma imzolagan va yarim yil ijara asosida Moskva shahri jamoasi tarkibida harakat qilgan. Malumot uchun "Dina" Rossiyaning eng sovrindor mini futbol jamoasi hisoblanadi.

U Ozarbayjon chempionati va kubogining ko'p karra g'olibi, 2010 yilgi Evropa chempionatining yarim finalchisi va 2009-2010 yilgi UEFA kubogining bronza medali sohibi hisoblanadi. SHuningdek, UEFA rahnamoligi ostida o'tkaziladigan musobaqalarda "Araz" tarkibida eng ko'p gol urgan - 30 ta.



2001 yildan to hozirgi kunga qadar Ozarbayjon mini futbol terma jamoasi azosi, 2009 yildan esa Ozarbayjon plyaj futboli terma jamoasi azosi.

2008 yilning aprelida "Dina" jamoasiga bag'ishlangan hujjatli filmda suratga tushgan.

Ismi: Vitaliy Yurevich Borisov
Harakatlanadigan chizig'i: Hujumchi
Tug'ilgan sanasi: 05.07.1982
Mamlakat: Ozarbayjon
Raqami: 14
Bo'yi: 171 sm
Vazni: 65 kg

Yutuqlari

Ozarbayjon chempioni: 2002 ("Tribut"), 2004, 2006, 2007 ("Araz")
Ozarbayjon chempionati kumush medal sohibi: 2001 ("Tribut")
Ozarbayjon chempionati bronza medal sohibi: 2000 ("Angloyl"), 2005 (Asfarma)

Ozarbayjon kubogi sohibi: 2004, 2006, 2007 ("Araz")


Tolibjon Qosimov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика